Ertaga, 8-avgust kuni kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlash muddati yakunlanadi. Belgilangan muddatgacha tanlovni amalga oshirmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydi.
2026/2027 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar joriy yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.
Abituriyentlar tanlovni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshiradi. Buning uchun platformadagi “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi.
Dastlab abituriyent tanlov ustuvorligi hamda maqsadli qabul bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. Shundan so‘ng test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos ravishda 5 tagacha OTM, ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini tanlaydi.
Ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi doirasida ham, turli oliy ta’lim muassasalari kesimida ham tanlash mumkin.
Tanlov yakunlangach, “Saqlash” tugmasi bosiladi. So‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS-kod yuboriladi. Kod tizimga kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllantiriladi. Ushbu hujjatda tanlangan oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yo‘nalishlari, ta’lim shakllari va ustuvorliklar aks etadi.
Abituriyentlar 8-avgust kuni yakuniga qadar o‘z tanlovlarini istalgan vaqtda o‘zgartirishlari hamda qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin.
Muhim! Turli texnik nosozliklarga duch kelmaslik uchun abituriyentlarga tanlovni oxirgi daqiqalarga qoldirmasdan, imkon qadar ertaroq amalga oshirish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, belgilangan muddatgacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini tanlamagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydi. Yakuniy tanlov natijalari esa ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni to‘liq yakunlangach, bir hafta ichida e’lon qilinadi.
Qabul jarayonida xato qilmaslik uchun Talimxabarlari.uz saytida e’lon qilingan eng muhim maqola va yangiliklarni bir joyga jamladik. Quyidagi havolalar orqali oʻzingizni qiziqtirgan mavzu boʻyicha batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
Yo‘riqnoma: Platformada OTM va yo‘nalish tanlash tartibi qanday? — Batafsil;
OTMga kirishda tanlov ustuvorligi nima? Qaysi birini tanlash kerak? — Batafsil;
“Tanlov” bosqichida beshta yo‘nalishni tanlash shartmi? — Batafsil;
Maqsadli va maqsadsiz qabul nima? Qaysi birini tanlash foydaliroq? — Batafsil;
Maqsadli qabulni tanlayotgan abituriyentlar nimalarga e’tibor berishi kerak? — BMBA — Batafsil;
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlari uchun ajratilgan grant qanday ishlaydi? — Batafsil;
Harbiy tavsiyanomali abituriyentlar uchun qo‘shimcha kvotalar qanday taqsimlanadi? — Batafsil;
Abituriyentlar uchun oʻz oʻrnini koʻrish imkoniyati ishga tushdi — Batafsil;
Ta’lim shaklini tanlashda shoshilmang: ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi — Batafsil;
Endi birinchi kurs boʻladigan talabalar yotoqxonaga qachondan ariza topshiradi? — Batafsil;
O‘qishga kirolmagan yoki yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar vakant o‘rinlar uchun tanlovda ishtirok etadi — Batafsil.
Shuningdek, abituriyentlar qabul jarayoniga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga Janob Donish (@talimxabarlari_ai_bot) sunʼiy intellekt asosidagi virtual maslahatchi orqali ham javob olishlari mumkin.
Talimxabarlari.uz tomonidan ishlab chiqilgan ushbu sunʼiy intellekt yordamchisi oliy taʼlimga qabul, test sinovlari, taʼlim yoʻnalishlari, grant va toʻlov-kontrakt, minimal oʻtish ballari, imtiyozlar hamda qabul tartiblariga oid savollarga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va rasmiy manbalar asosida 24/7 rejimida bepul javob beradi.
