Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi boʻyicha reytingdagi oʻrnini koʻrsatadigan kengaytirilgan qidiruv xizmati ishga tushirildi. Endilikda abituriyentlar o‘zining reytingdagi o‘rnini onlayn tarzda bilishi mumkin.
Bugun, 1-avgust sanasidan boshlab Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning oʻrnini koʻrsatadigan kengaytirilgan qidiruv funksiyasi ishga tushirildi.
Unga koʻra, abituriyentlar mutaxassislik fani va taʼlim tili kesimida reytingda nechanchi oʻrinda turganini onlayn tarzda bilishi mumkin.
Buning uchun abituriyentlar quyidagi Telegram botlaridan foydalanishi lozim:
Mazkur botlar orqali abituriyentlar test natijalari bilan bir qatorda fanlar majmuasi boʻyicha reytingdagi oʻrnini ham qulay tarzda tekshirishi mumkin.
