Oliy malaka toifasiga ega, kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglar uy-joy sotib olish uchun ipoteka subsidiyasini olishga ariza topshirishi mumkin. Arizalar my.gov.uz portali orqali onlayn yoki Davlat xizmatlari markazlarida qabul qilinadi.
Hukumatning 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga muvofiq, belgilangan talablarga javob beradigan pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Subsidiya kimlarga beriladi?
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun pedagog quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- kamida 15 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;
- oliy malaka toifasiga ega bo‘lishi;
- 60 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
- ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida ikki yoki undan ortiq turar joy mavjud bo‘lmasligi.
- Arizani qanday topshirish mumkin?
- Pedagoglar subsidiyaga arizani quyidagi tartibda yuborishlari mumkin:
- gov.uz portaliga kirish yoki MyGov mobil ilovasidan foydalanish;
- «Pedagoglarga turar joy sotib olish uchun subsidiya» xizmatini tanlash;
- Kerakli ma’lumotlarni kiritish va arizani yuborish.
Shuningdek, arizalarni Davlat xizmatlari markazlari orqali ham topshirish mumkin.
Mazkur subsidiya uy-joy sotib olishni rejalashtirayotgan, belgilangan mezonlarga mos keladigan pedagoglarning ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning fevral oyida pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining bir qismi qoplab berish boʻyicha savollarga javob berilgan maqolani e’lon qilgan edik.
