Yo‘riqnoma: Platformada OTM va yo‘nalish tanlash tartibi qanday?

Yo‘riqnoma: Platformada OTM va yo‘nalish tanlash tartibi qanday?

Kecha, 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlandi. 25-iyuldan boshlab abituriyentlar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

23-iyul kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari to‘liq yakunlandi. Bugun esa barcha abituriyentlarning test natijalari e’lon qilindi.

 

Endilikda test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti (OTT), bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini tanlaydi. Tanlov jarayoni ‘‘avval test – so‘ng tanlov’’ tamoyili asosida amalga oshiriladi.

 

Abituriyentlar test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin. Shuningdek, har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllaridan birini tanlash imkoniyati mavjud. Yo‘nalishlarni bitta oliy ta’lim tashkiloti doirasida ham, turli OTMlar kesimida ham tanlash mumkin.

 

Tanlovni qanday amalga oshirish mumkin?

 

Abituriyentlar quyidagi ketma-ketlikda tanlovni amalga oshiradi:

 

  • my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi;
  • “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limini tanlab, “Xizmatdan foydalanish” va “OTT tanlash” tugmalarini bosiladi;
  • Tanlov ustuvorligini hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlovni belgilanadi;
  • Fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllarini tanlab, ‘‘Saqlash’’ tugmasini bosiladi;
  • Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi.

 

Diqqat! Abituriyentlar 8-avgustga qadar tanlov ma’lumotlarini istalgan vaqtda o‘zgartirishlari mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach esa kiritilgan ma’lumotlarni tahrirlash imkoni bo‘lmaydi.

 

Ma’lumot uchun, Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi.

 

Shuningdek, tanlov yakunlangach shakllanadigan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib, saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.

 

Abituriyentlar @mandat_javobbot orqali o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan tanishib chiqish hamda namunaviy testlarni ishlab ko‘rishlari mumkin