‘‘Tanlov’’ bosqichida beshta yo‘nalishni tanlash shartmi?

‘‘Tanlov’’ bosqichida beshta yo‘nalishni tanlash shartmi?

Ko‘pchilik abituriyentlar OTMga hujjat topshirishda beshta ta’lim yo‘nalishini tanlash majburiy, deb o‘ylaydi. Aslida esa bunday talab mavjud emas. Abituriyent tanlovda ishtirok etishi uchun kamida bitta yo‘nalishni tanlashi kifoya, qolgan yo‘nalishlarni tanlash esa uning ixtiyoriga bog‘liq.

 

Abituriyentlar tomonidan OTM va yo‘nalish tanlayotganda beshta yo‘nalishni tanlash majburiymi, degan savol kelib tushmoqda. — Yo‘q, abituriyent beshta yo‘nalish tanlashi shart emas.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun abituriyent kamida bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi shart. Lekin qolgan yo‘nalishlarni tanlash ixtiyoriy. Ya’ni, abituriyent xohlasa ikkita, xohlasa uchta, yoki to‘rta yo‘nalish tanlashi mumkin.

 

Hech qanday holatda «aynan beshta yo‘nalishni tanlash shart» degan qoida mavjud emas. Bu faqatgina maksimal chegara bo‘lib, imkoniyat sifatida berilgan.

 

Tanlovda qatnashuvchilar o‘z xohishi va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda qancha yo‘nalish tanlashlarini mustaqil hal qilishlari mumkin.

 

Bundan tashqari har yili abituriyentlarni qiynaydigan yana bir savol bor: tanlov ustuvorligi nima? Tanlov bosqichining eng muhim qismlaridan biri bo‘lgan bu jarayonda, abituriyent ‘‘Ta’lim granti’’ ustuvorligi va ‘‘Ta’lim yo‘nalishi’’ ustuvorligidan birini tanlaydi.

 

Bu haqida quyidagi maqolada batafsil bilib olishingiz mumkin.

 

Shuningdek, qayerga o‘qishga kirishni bilmay, ikkilanib turgan abituriyentlar uchun @mandat_javobbot Telegram boti ishga tushirilgan. Abituriyentlar mazkur bot orqali sun’iy inellekt tahlillari asosida qayerga hujjat topshirish ma’qul ekanini aniqlab olishlari mumkin.