2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga hujjat topshirish ertaga, 30-iyul kuni yakunlanadi. Talabgorlar ertaga kun yakuniga qadar my.edu.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni 30-iyul kuni (shu kuni ham) yakunlanadi.
Talabgorlar hujjatlarini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz platformasi orqali onlayn topshirishlari mumkin. Bugun 29-iyul soat 13:57 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar soni 57 608 nafarga yetgan.
Onlayn ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:
— oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom) yoki diplomdan ko‘chirma hamda uning ilovasi;
— xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikat.
Magistratura bosqichi uchun qaysi yo‘nalishlarga qaysi darajadagi sertifikat talab etilishi haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Quyidagi toifadagi talabgorlardan xorijiy til sertifikati talab etilmaydi:
— Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari gʻoliblari;
— nogironlik maʼlumotnomasi mavjud boʻlgan (koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan) shaxslar;
— bakalavriat taʼlim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar.
Shuningdek, SAT xalqaro imtihonida 1200 va undan yuqori ball toʻplagan hamda tamomlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirayotgan talabgorlar qoʻshimcha davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Buning uchun SAT sertifikati maxsus DI kod orqali Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga elektron tarzda yuborilgan boʻlishi lozim. Faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar haqiqiy hisoblanadi.
Magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Magistraturaga qabul jarayoniga oid boshqa muhim ma’lumotlar bilan ham tanishing:
Magistratura masofaviy ta’lim shakli uchun qabul kvotasi — Batafsil
Magistratura kechki ta’lim shakli uchun qabul kvotasi — Batafsil
Magistratura kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul kvotasi — Batafsil
Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha grant uchun SAT sertifikati inobatga olinadi? — Batafsil
Magistratura qabulida SAT sertifikati beradigan imtiyozdan qanday foydalanish mumkin? — Batafsil
Xorijiy tilda tahsil olgan bitiruvchilar magistraturaga til sertifikatisiz hujjat topshiradi — Batafsil
Endi magistraturaga qaysi yo‘nalishga nechta ariza topshirilganini onlayn kuzatish mumkin — Batafsil
Universitetda ingliz tili guruhini tamomlaganlar magistraturaga sertifikatsiz topshira oladimi? — Batafsil
Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun magistraturaga maqsadli qabul boshlandi. Ariza qanday topshiriladi? — Batafsil
