Magistratura qabulida SAT sertifikati beradigan imtiyozdan qanday foydalanish mumkin?

Magistratura qabulida SAT sertifikati beradigan imtiyozdan qanday foydalanish mumkin?

2026/2027-o‘quv yili magistratura qabuli uchun SAT sertifikatlarini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborishda foydalaniladigan DI kodi ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikati College Board platformasi orqali 30054 DI kodi yordamida vazirlikka elektron tarzda yuborilishi lozim.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avval xabar berganimizdek, Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qaroriga muvofiq, College Board tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlarini yuborishda qo‘llaniladigan DI kodini e’lon qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, College Board platformasi orqali SAT sertifikatlari vazirlikka 30054 DI kodi orqali elektron tarzda yuborilishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, SAT natijalari quyidagi muddatlarda yetkaziladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • Standart (Score Report) xizmati orqali — buyurtma rasmiylashtirilgan kundan boshlab odatda 10 ish kuni ichida;
  • Tezkor (Rush) xizmati orqali — dam olish va bayram kunlari hisobga olinmagan holda 4 ish kuni ichida.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qayd etilishicha, qabul jarayonida faqat 30054 DI kodi orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuborilgan SAT sertifikatlari haqiqiy hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Sertifikatning PDF nusxasi, skrinshoti yoki qo‘lda yuklangan varianti qabul jarayonida inobatga olinmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hujjatlar 30-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali qabul qilinmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠