Yevropa Ittifoqi o‘quvchilar uchun sun’iy intellekt savodxonligi sertifikatini joriy etmoqchi

Yevropa Ittifoqi o‘quvchilar uchun sun’iy intellekt savodxonligi sertifikatini joriy etmoqchi

Yevropa Ittifoqida 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab maktab o‘quvchilari uchun sun’iy intellekt savodxonligi sertifikatini sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Yangi tashabbus yoshlarning AI texnologiyalaridan xavfsiz va samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yevropa Ittifoqining ijro etuvchi organi — Yevropa Komissiyasi 5-noyabr kuni ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish va o‘qituvchilar yetishmovchiligini bartaraf etishga qaratilgan yangi “Education and Skills Package” dasturini taqdim etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Dasturdagi asosiy tashabbuslardan biri “AI Literacy Certificate” — sun’iy intellekt savodxonligi sertifikatidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Uni 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab sinovdan o‘tkazish mo‘ljallangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Sertifikat uchun o‘quv natijalari va bilimlarni baholash mezonlari ishlab chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunda Yevropa Ittifoqi va Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) hamkorligida tayyorlangan “AI Literacy Framework” asos qilib olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Baholash mezonlari o‘quvchilarning yoshiga moslashtiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

O‘qituvchilar va maktablar ham e’tibordan chetda qolmaydi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Dastur doirasida pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish ham rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, 2027-yildan boshlab yangilangan Teacher Academies 2.0 dasturi orqali faoliyatini endi boshlagan o‘qituvchilar va maktab rahbarlarini qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, 2027-yildan Yevropa Ittifoqida maktablarga boshqaruv, o‘quvchilar farovonligi, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadigan yangi maslahat va qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning doirasida Erasmus+ dasturi ko‘magida 30 ta hududiy xizmat yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, o‘quvchilar, ota-onalar va maktablar uchun internet xavfsizligi, ekran qarshisida o‘tkaziladigan vaqt hamda onlayn va oflayn hayot o‘rtasidagi muvozanat bo‘yicha umumiy tavsiyalar ishlab chiqiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunday tashabbusga ehtiyoj nimadan kelib chiqdi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Yevropa Ittifoqi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilgi baholash natijalarida 15 yoshli o‘quvchilarning 33,9 foizi matematika, 31,3 foizi o‘qish savodxonligi va 25,9 foizi tabiiy fanlar bo‘yicha yetarli natijaga erisha olmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, 2026-yilgi Eurostat ma’lumotlarida Yevropa Ittifoqidagi 16–24 yoshli yoshlarning 64 foizi generativ sun’iy intellektdan foydalanishi qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

“Education and Skills Package” dasturi, shuningdek, o‘quvchilarning asosiy bilimlarini yaxshilash, o‘qituvchilik kasbining jozibadorligini oshirish va kasbiy ta’limni mehnat bozori talablariga moslashtirishni ham qamrab oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozircha sun’iy intellekt savodxonligi sertifikati sinov loyihasi sifatida rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Dasturdagi tegishli takliflar Yevropa Ittifoqi Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi va qabul qilinishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, Janubiy Koreyada 100 dan ortiq abituriyent imtihonda AI’dan foydalanayotganda qo‘lga tushgani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠