Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi — tartibi qanday?

Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi — tartibi qanday?

Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganish xarajatlarining bir qismi “2+6” dasturi orqali davlat hisobidan qoplab beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunda dastlabki ikki oylik ta’lim xarajatini yoshlarning o‘zi to‘laydi, keyingi olti oygacha bo‘lgan davr uchun esa belgilangan miqdorda subsidiya ajratiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 632-son qaroriga muvofiq, 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys va xitoy tillarini o‘rganish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun yoshlar tegishli xorijiy til bo‘yicha kamida boshlang‘ich darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Dastur “2+6” tamoyili asosida ishlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunda dastlabki ikki oylik ta’lim xarajati tinglovchining o‘zi tomonidan to‘lanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Keyingi olti oygacha bo‘lgan davr uchun xarajatlar esa davomatga mutanosib ravishda Yoshlar ishlari agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Subsidiya bevosita o‘quv markaziga o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Oylik subsidiya miqdori hududga qarab quyidagicha belgilanadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

  • Toshkent shahrida — BHMning 2 baravarigacha;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida — BHMning 1,5 baravarigacha;
  • tuman va shaharlarda — BHMning 1 baravarigacha.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Dastur doirasida faqat belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan va elektron davomat tizimiga ulangan o‘quv markazlaridagi ta’lim xarajatlari qoplab beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qanday ariza beriladi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Yoshlar Yonda ilovasi orqali OneID yordamida tizimga kirib, xorijiy til bo‘yicha sertifikatini elektron platformaga yuboradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangach, o‘quv markazi va o‘qituvchini tanlab, elektron shartnoma rasmiylashtiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ O‘quv markazi shartnomani tasdiqlaganidan so‘ng dastlabki ikki oylik to‘lov amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠