Yagona davlat imtihoni yana muhokamada. Avvalgi loyihalardan farqi nimada?

Yagona davlat imtihoni yana muhokamada. Avvalgi loyihalardan farqi nimada?

Ta’lim va ilm-fan vazirligi maktab o‘quvchilarini 4-, 7-, 9- va 11-sinflarda baholashning yangi tartibini taklif qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Yagona davlat imtihoni bo‘yicha 2017-yildan beri e’lon qilingan rejalardan birortasi hozircha amalga oshmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

13-noyabr kuni e’lon qilingan taklifga ko‘ra, 11-sinfda yagona davlat imtihoni (YaDI) o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning natijasi ham attestatga baho sifatida yoziladi, ham oliygoh yoki texnikumga kirishda hisobga olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Yangi tartib 2027/2028-o‘quv yili yakunida Toshkent shahri va Navoiy viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2028/2029-o‘quv yili yakunidan esa barcha hududlarda joriy etilishi rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taklif hali tasdiqlanmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Vazirlik o‘quvchilar, ota-onalar va pedagoglar fikrini anonim onlayn so‘rovnoma orqali o‘rganmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ So‘rovnoma 8 bo‘lim va 30 ga yaqin savoldan iborat.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taklifda nima bor?

Baholash to‘rt bosqichda o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sinf Shakli Natija nimaga ta’sir qiladi
4-sinf Diagnostik test: o‘qish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar; maktabning o‘zida Keyingi sinfga o‘tishga ta’sir qilmaydi; natija ota-ona va o‘qituvchiga beriladi, o‘quvchilar taqqoslanmaydi
7-sinf Savollar va mantiqiy topshiriqlar orqali kasbiy qiziqish va qobiliyatlarni aniqlash Tavsiya majburiy emas; 7–9-sinflar uchun “Kasblar shaharchasi”, texnikum va korxonalarga tashriflar
9-sinf Asosiy davlat imtihoni: ona tili (majburiy) va ikkita tanlov fani Shahodatnomaga baho; akademik litsey va texnikumga qabulda hisobga olinadi
11-sinf Yagona davlat imtihoni Attestatga baho va OTM yoki texnikumga qabul; natija 2 yil amal qiladi

9-sinf imtihoni bepul bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijadan norozi o‘quvchi 10 kun ichida bepul apellyatsiya bera oladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eng kam ballni to‘play olmaganlarga 2 oy ichida bir marta qayta topshirish imkoni beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ball yetmasa ham o‘quvchi o‘z maktabida 10-sinfda o‘qishni davom ettirishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

11-sinf imtihoni fanlari kamida 6 oy, namunaviy testlar esa kamida 3 oy oldin e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Imtihon o‘sha yilgi bitiruvchilar uchun bepul, bir necha urinishdan eng yuqori natija hisobga olinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihonlar asosan kompyuterda, zarur hollarda qog‘ozda o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Markaz yoki maktabda shaxs tekshiriladi va videokuzatuv yuritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kompyuterda topshirilgan imtihon natijasi yakunlangach darhol e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sinov bosqichi natijalari o‘quvchining keyingi bosqichga o‘tishi yoki oliygohga kirishiga ta’sir qilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avval nimalar rejalashtirilgan edi?

YaDI haqida ilk bor 2017-yilda gapirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘shanda xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov maktablar 11 yillik ta’limga qaytishi bilan YaDIga bosqichma-bosqich o‘tilishini aytgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Biroq muddat ham, hujjat ham e’lon qilinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shundan beri uchta hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yilgan: 2020 va 2022-yillarda Davlat test markazi Prezident qarori loyihalarini, 2026-yil aprelida esa Prezident farmoni loyihasi chiqarildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ularning hech biri qabul qilinmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sana Nima rejalashtirilgan Keyingi holat
2017-yil 29-sentyabr 11 yillik maktabga qaytish bilan YaDIga bosqichma-bosqich o‘tish Muddat ham, hujjat ham e’lon qilinmagan
2020-yil 2-aprel 2021/2022-o‘quv yilidan majburiy fanlar va yo‘nalish bo‘yicha 2 fandan yagona test Karantin sababli 2020-yilgi qabul istisno tariqasida 2 fandan o‘tkazildi
2020-yil 24-iyul Bitiruvchilar ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan test topshiradi Loyiha qabul qilinmagan
2020-yil 6-noyabr Test topshiriqlari umumiy o‘rta ta’lim dasturlariga moslashtiriladi Hozir ham amalda
2022-yil 26-iyul 2024/2025-o‘quv yilidan 3 majburiy va 2–4 tanlov fani, 3 yil amal qiladigan elektron attestat Muhokama 9-avgustda yakunlangan, hujjat qabul qilinmagan
2024-yil may 2024/2025-o‘quv yilidan OTM, kollej va texnikumlarga “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili Joriy etilgan
2025-yil 8–9-sentyabr Bitiruv va kirish imtihonlari sun’iy intellekt elementlari bilan bitta onlayn imtihonga birlashtiriladi; 12 yillik ta’limga o‘tish 12 yillik ta’lim bo‘yicha farmon qabul qilingan
2025-yil 15-sentyabr “Yangi o‘quv yilidan” 9- va 11-sinflar uchun YaDI 2026-yil fevralida bu yil joriy etilmasligi aytilgan
2026-yil 25-fevral Joriy yilda YaDI joriy etilmaydi, “avval test, keyin tanlov” saqlanadi Qabul-2026 shu tartibda o‘tgan
2026-yil 16-aprel 2026/2027 sinovi: Navoiy, Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston, Toshkent viloyati; 2027/2028 yakunidan to‘liq Muhokama 30-aprelda yakunlangan; farmon e’lon qilinmagan
2026-yil 15–17-oktyabr Maktab dasturi va kirish testlari o‘rtasidagi tafovut masalasi ko‘tarilgan BMBA PQ-4884 talablariga amal qilinayotganini bildirgan
2026-yil 13-noyabr 4-, 7-, 9-, 11-sinflar tizimi; sinov 2027/2028 yakunida, to‘liq joriy etish 2028/2029 yakunidan Jamoatchilik fikri o‘rganilmoqda

To‘rt loyiha qanday farq qiladi?

Hamma loyihada maqsad bir: maktab bitiruv imtihoni va oliygohga kirish testini birlashtirish.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Fanlar soni, mas’ul idora va muddatlar esa har safar o‘zgargan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2020-yil iyul 2022-yil iyul 2026-yil aprel 2026-yil noyabr
Tashabbuskor DTM DTM Farmon loyihasi; platformani BMBA yaratadi Vazirlik
11-sinf fanlari Ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi 3 majburiy (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) + 2–4 tanlov Ona tili, matematika + 2 tanlov Hali e’lon qilinmagan
9-sinf Ko‘zda tutilmagan Ko‘zda tutilmagan Ona tili, matematika + 2 tanlov Ona tili + 2 tanlov fani; natija shahodatnomaga baho sifatida
4- va 7-sinf Yo‘q Yo‘q Yo‘q Diagnostika va kasbiy qiziqish testi
Natija amal qilish muddati — 3 yil — 2 yil, eng yuqori natija hisoblanadi
Sertifikat egalari — Minimal ballga mos sertifikat bo‘lsa, attestatsiyadan ozod Milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘lsa, fandan ozod, maksimal yoki tabaqalashtirilgan ball —
Imtihon vaqti — Iyun–iyul Ro‘yxat 1-yanvar – 31-mart, imtihon may–iyul —
To‘lov — Oldingi yillar bitiruvchilari uchun pullik, imtiyozli toifalar uchun bepul — Joriy yil bitiruvchilariga bepul
Boshlanishi 2021/2022 2024/2025 Sinov 2026/2027 Sinov 2027/2028 yakuni

2020 va 2022-yilgi loyihalarda O‘zbekiston tarixi majburiy fan bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2026-yil aprelidagi loyihada u majburiy fanlar ro‘yxatida yo‘q.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nega hozirgacha joriy etilmadi?

Idoralar bu savolga rasmiy izoh bermagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ochiq manbalarda esa jarayonga ta’sir qilgan bir necha qaror va holat qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2020-yildan oliygohga kirish uchun 3 majburiy va 2 asosiy fandan imtihon rejalashtirilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Karantin tufayli bu formatga tayyorlanish imkoniyati cheklandi va qabul istisno tariqasida 2 fandan o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884 qaroriga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan kirish testlari davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida tuziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2026-yil oktyabrida “Ishonch” gazetasi maktab dasturi bilan testlar o‘rtasidagi tafovut masalasini yana ko‘tardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bilim va malakalarni baholash agentligi (BMBA) javobida testlar hamon shu qaror asosida tuzilishini bildirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2024-yil mayida qabulda boshqa tartib joriy etildi: abituriyent avval test topshiradi, keyin 15 kun ichida 5 tagacha yo‘nalish tanlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Mazkur ikki bosqichli tanlov tamoyili amaliyotda yaxshi natija berdi”, — degan edi BMBA bo‘lim boshlig‘i Jamshid Odilov 2026-yil fevralidagi matbuot anjumanida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘shanda u joriy yilgi qabulda YaDI joriy etilmasligini ham ma’lum qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mas’ul idoralar ham o‘zgardi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2020 va 2022-yilgi loyihalarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tayyorlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2026-yil oktyabrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligiga birlashtirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Noyabr taklifi shu vazirlik nomidan e’lon qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ma’lumot uchun: 2025-yil sentyabrida YaDI bilan bir vaqtda umumiy o‘rta ta’limni 12 yillik tizimga o‘tkazish e’lon qilingan: 1 yil tayyorlov, 4 yil boshlang‘ich va 5 yil asosiy ta’lim (5–9-sinflar).⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qo‘shni davlatlarda qanday?

Rossiyada yagona davlat imtihoni 2009-yildan attestat olish uchun majburiy.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 9-sinf uchun alohida asosiy davlat imtihoni o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Qozog‘istonda Yagona milliy test 2004-yilda joriy etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2017-yilgacha u ham bitiruv attestatsiyasi, ham oliygohga saralash vazifasini bajargan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2017-yilda maktab bitiruv imtihonlari va oliygohga kirish testi ajratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nima hali noma’lum?

Vazirlik 11-sinf imtihoni qaysi fanlardan iborat bo‘lishini e’lon qilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Aprel loyihasida ko‘zda tutilgan 2026/2027-o‘quv yili sinovining taqdiri ham aytilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Imtihonni vazirlik yoki BMBA o‘tkazishi, maktab va markazlar kompyuterda imtihonga qanchalik tayyorligi, yangi tizim 12 yillik ta’limga o‘tish muddatlari bilan qanday bog‘lanishi ham hozircha noma’lum.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠⁠