Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarini milliy reyting natijalari asosida rag‘batlantirish tartibi belgilanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, reyting uchun ma’lumotlarni taqdim etish muddati uzaytirilib, ayrim indikatorlarni hisoblash metodikasi o‘zgartirilmoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Adliya vazirligi Oliy taʼlim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmonida davlat oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish nazarda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Hujjat bilan davlat oliy ta’lim tashkilotlarini milliy reyting natijalari asosida rag‘batlantirish tartibi belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, Ta’lim va ilm-fan vazirligi rag‘batlantirish mablag‘larini milliy reyting natijalari e’lon qilinganidan keyin 15 ish kuni ichida tegishli davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘tkazadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan maxsus platformaga hisobot yiliga oid ma’lumotlarni kiritish muddati 1-fevraldan 1-iyunga qadar uzaytirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, “Bitiruvchi sifati indeksi”ni hisoblash metodikasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani munosabati bilan milliy reytingdagi bitiruvchilar bandligiga oid ayrim indikatorlar ushbu indeks natijalari bilan almashtirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliy taʼlim tashkilotining xalqaro darajadagi obroʻsini aniqlashda xorijiy hamkor hisoblangan oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlardan jami 200 nafargacha xodim jalb etilishi mumkinligi belgilanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, O‘zbekistonning 38 ta oliygohi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy olganligi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠