SAT sertifikati bilan magistraturaga ham qo‘shimcha grant asosida kirish mumkinmi?

SAT sertifikati bilan magistraturaga ham qo‘shimcha grant asosida kirish mumkinmi?

College Board tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT xalqaro imtihonida eng yuqori ballning 75 foizi — 1200 ball va undan yuqori natija qayd etgan hamda tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos va turdosh magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirayotgan talabgorlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

 

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan talabgorlar SAT sertifikatlarini albatta elektron tarzda, maxsus DI kod orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuborishlari shart.

 

Faqat DI kod orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Sertifikatni qo‘lda yuklash yoki skrinshotlarini taqdim etish qabul qilinmaydi.

 

Eslatma! Magistratura uchun arizalar qabuli 1-iyuldan 30-iyulga qadar davom etadi.