Namanganda 10 ming nafar yosh Yaponiya va Germaniyada ishlash uchun xorijiy tillar va kasblarga tayyorlanadi

Namanganda 10 ming nafar yosh Yaponiya va Germaniyada ishlash uchun xorijiy tillar va kasblarga tayyorlanadi

Kelgusi yilda Namangandagi 10 ming nafar yoshni Yaponiya va Germaniyada yuqori daromadli ish o‘rinlarida mehnat qilishi uchun xorijiy tillar va kasblarga o‘qitish rejalashtirilmoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

18-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida islohotlar natijadorligini oshirish, yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish, aholi bandligi va daromadlarini koʻpaytirish yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yig‘ilishda viloyatdagi 786 ming nafar yoshning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ularni xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qitish, ichki va tashqi mehnat bozorida munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Namanganda 10 ming nafar yosh Yaponiya va Germaniyada ishlash uchun xorijiy tillar va kasblarga tayyorlanadi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mas’ullarga kelgusi yilda 10 ming nafar yoshning Yaponiya va Germaniyada yuqori daromadli ish oʻrinlarida mehnat qilishi uchun maqsadli til va kasbiy tayyorgarlikni yoʻlga qoʻyish topshirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Xorijdan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning muammolarini hal etishda raqamli xizmatlardan foydalanish muhimligi taʼkidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, Ibrat nomidagi chet tillari institutida italyan tilini o‘rgatish markazi tashkil etilgani ijobiy baholandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Italiya kompaniyalari bilan qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoatida ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari muhokama qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Bundan tashqari, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda turizm va mehmonxona boshqaruvi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Namanganda 10 ming nafar yosh Yaponiya va Germaniyada ishlash uchun xorijiy tillar va kasblarga tayyorlanadi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Chust tumanidagi Olmos shaharchasida dehqonchilik maktabini tashkil etish tashabbusi ham muhokama qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Unda agroakademiya, agroinnovatsiya markazi, agrosanoat parki, agrologistika va agroturizm yo‘nalishlarini birlashtirish taklif etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida ilm-fan yutuqlari va ilg‘or xorijiy tajribani keng joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yigʻilish yakunida viloyat hokimligi va islohotlar shtabiga yirik loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari va barqaror daromad manbalarini koʻpaytirish, aholini qiynayotgan masalalarga manzilli yechim topish yuzasidan topshiriqlar berildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠