Chaqalog‘ini 85 ming dollarga sotishga uringan talaba qizga 7 yil qamoq jazosi berildi

Chaqalog‘ini 85 ming dollarga sotishga uringan talaba qizga 7 yil qamoq jazosi berildi

Samarqandda oliy ta’lim muassasasining 5-bosqich talabasi yangi tug‘ilgan farzandini 85 ming dollarga sotishga uringan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ayolga sud hukmi bilan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sud hujjatlariga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan ayol Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalaridan birida 5-bosqichda tahsil olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 2025-yil noyabrida uchinchi farzandiga homilador bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Turmush o‘rtog‘i bilan kelishmovchiliklar sabab ota-onasinikida yashagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2026-yil iyul oyida u Telegram’dagi bir guruhga qo‘shilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu yerda “Odina” nomidan murojaat qilgan shaxs unga tug‘ilajak bolasini sotib olmoqchi bo‘lgan oila borligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Buning evaziga 70 mingdan 90 ming dollargacha pul taklif qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Keyinchalik boshqa shaxslar ham chaqaloqni 90 ming dollarga olishga tayyorligini aytgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Iyul oxirida ayol Samarqanddagi tug‘uruqxonada kesarcha kesish orqali o‘g‘il farzandli bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Biroq tug‘uruqdan keyin fikrini o‘zgartirib, bolani bermasligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shundan so‘ng suhbatlashgan ayol uni videoni Telegram guruhiga tarqatish va firibgar sifatida ko‘rsatish bilan qo‘rqitgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Sudlanuvchi tahdiddan cho‘chib, unga tug‘uruqxona manzilini yuborgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ko‘p o‘tmay, tug‘uruqxona oldiga ikki erkak va bir ayol kelgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ular chaqaloqni ko‘rmaguncha pul bermasligini aytib, uni tashqariga olib chiqishni talab qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ayol shifokorlarga Toshkentga ketishini bildirib, chaqaloq uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi haqida tilxat yozgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Keyin bolani tashqariga olib chiqqan va yana bir tilxat bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Xaridorlar chaqaloq uchun 85 ming dollar taklif qilib, ayolga pul uzatgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ U pulni olayotgan paytda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘lga olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Sudda ayol aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, uch nafar farzandi qaramog‘ida ekanini va sog‘lig‘ida muammolar borligini aytib, qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo so‘ragan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi uni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “b” bandi (odam savdosi) bilan aybdor deb topgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Unga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Biroq sud JKning 72-moddasiga asosan jazoni shartli deb belgilab, ayolga 3 yil sinov muddati tayinlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bunda uning uch nafar farzandi borligi, sog‘lig‘i yomonlashgani va qilmishidan pushaymonligi hisobga olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠