Vazirlik o‘quvchi o‘z joniga qasd qilgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi

Vazirlik o‘quvchi o‘z joniga qasd qilgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi

Surxondaryo viloyatida o‘quvchi o‘z joniga qasd qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar vazirlik tomonidan tasdiqlanmadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ayni paytda viloyat ta’lim boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv olib bormoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida o‘quvchi joniga qasd qilib, yuqori qavatdan o‘zini tashlgani haqida xabarlar tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Talimxabarlari.uz Ta’lim va ilm-fan vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik mas’uli tomonidan ushbu xabarlar rad etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Xodimga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida bunday holat aniqlanmangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ayni vaqtda viloyat ta’lim boshqarmasi tomonidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari ham olib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Yil boshida Farg‘onada 9-sinf o‘quvchisi o‘zini tomdan tashlab, joniga qasd qilgani haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, u o‘z joniga qasd qilishdan oldin yoqtirgan qizi bilan SMS-xabarlar yozishgani ma’lum bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠