Pedagoglar platformasida attestatsiya sinovi natijalarini ko‘rish bilan birga, savollar mavzusini ko‘rish imkoniyati mavjud.
Xabaringiz bor, joriy yilgi avgust-dekabr oyidagi toifa sinovlari 26-oktyabrdan 28-noyabrgacha davom etadi.
Pedagoglar attestatsiya testini yakunlagach, pedagog.uzedu.uz platformasi orqali natijalar bo‘limidan savollar qaysi mavzularga oid ekanini ko‘rishi mumkin. Bu imkoniyat qo‘shimcha tayyorgarlik talab etiladigan yo‘nalishlarni aniqlashga yordam beradi.
Testni yakunlagandan so‘ng natijalar sahifasidagi “Batafsil” tugmasini bosish orqali savollar mavzulari bilan tanishish mumkin.
Mazkur imkoniyat pedagoglarga test natijalarini tahlil qilish, bilimlarini mustahkamlash zarur bo‘lgan mavzularni aniqlash va keyingi tayyorgarlik jarayonini rejalashtirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, 27–29-oktyabr kunlari boʻlib oʻtayotgan kuzgi attestatsiyada ona tili va adabiyot hamda oʻzbek tili (davlat tili) fanlari oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.

