Bugun, 27-oktyabr kuni pedagoglar attestatsiyasida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari qatnashdi. Sinovlarda bir nechta pedagog 100 ballgacha natija ko‘rsatdi.
Xabaringiz bor, 2026-yilgi kuzgi pedagoglar attestatsiyasi 26-oktyabr kunidan boshlandi. Jarayonlar 28-noyabrgacha davom etadi.
Bugun, 27-oktyabr kuni ona tili va adabiyot (o‘zbek sinflari uchun) hamda o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchilari uchun malaka sinovlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur fanlar bo‘yicha sinovlar 29-oktyabrga qadar 3-kun davom etadi.
Quyida bugungi sinovlarda yuqori natijalarni qayd etgan o‘qituvchilar ro‘yxati bilan tanishing:
- Dilnoza Normurodova — Toshkent viloyati, Angren shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabi, 100 ball;
- Habiba Berdiyeva — Farg‘ona shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 100 ball;
- Maxliyo Komiljanova — Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi 10-sonli umumta’lim maktabi, 100 ball;
- Mavluda Raxmanova — Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 100 ball;
- Dinora Hamidova — Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 96 ball;
- Dilnoza Xajiyeva — Xorazm viloyati, Yangibozor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat, 94 ball;
- Zeboxon Kamolova — Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 41-sonli umumta’lim maktabi, 94 ball;
- Dilora Sultonova — Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanidagi 62-maktab, 94 ball;
- Sohiba Alijonova — Navoiy shahridagi 8-maktab, 94 ball;
- Sitora Xayrullayeva — Buxoro shahridagi 18-umumta’lim maktabi, 94 ball;
- Mahliyo Ahmadova — Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 52-maktab, 94 ball;
- To‘rayeva Iroda Shukrullo qizi — Toshkent shahridagi Yashnobod tumanining 153-maktabi, 92 ball;
- Intizor Ahmedova — Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 16-maktab, 92 ball;
- Farmonova Oydin Xudoyberdiyevna — Navoiy shahridagi 15-IDUM, 92 ball;
- Sevara Pardayeva — Navoiy viloyati, Xatirchi tumanidagi 16-maktab, 92 ball;
- Gulnoza Abro‘yeva — Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 15-umumta’lim maktabi, 92 ball;
- Umirov Javlon Muhammedovich — Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi 21-maktab, 90 ball;
- Odinaxon Abdurahmonova — Andijon viloyati, Andijon tumanidagi 57-umumta’lim maktabi, 90 ball;
- Guljahon Matboboyeva — Andijon tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 90 ball;
- Jumaboyeva Dilfuza Alisher qizi — Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabi, 90 ball;
- Malohat Rajapova — Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 44-sonli umumta’lim maktabi, 90 ball;
- Usmanova Maxsuda Alisherovna — Jizzax shahridagi 17-sonli umumta’lim maktabi, 90 ball;
- Kamola Mardiqulova — Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi 14-sonli umumta’lim maktabi, 90 ball;
- Nilufar Jalolova — Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 90 ball;
- Jumayeva Gulnoza — Navoiy shahridagi 19-maktab, 90 ball;
- Barchinoy Jalolova — Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabi, 90 ball;
- Xatiraxon Daminova — Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi 33-umumta’lim maktabi, 98 ball.
Eslatib o‘tamiz, attestatsiya sinovlariga jalb qilingan pedagoglar shaxsini tasdiqlovchi hujjat — fuqarolik pasporti yoki ID-karta bilan belgilangan vaqtdan 30 daqiqa oldin yetib kelishlari kerak.
Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan to‘ldirib boriladi.
