I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ imtihonlari oʻtkazilish sanasi eʼlon qilindi

I chorak yakuni boʻyicha choraklik summativ imtihonlari oʻtkazilish sanasi eʼlon qilindi

Joriy o‘quv yilining I choragi yakuniy imtihonlari 5–11-sinflar uchun 23–31-oktyabr kunlari onlayn, 30-oktyabr kuni an’anaviy shaklda o‘tkaziladi.

 

2026–2027-o‘quv yilining I choragi yakunida 5–11-sinf o‘quvchilari uchun markazlashgan choraklik summativ imtihonlar o‘tkaziladi. Sinovlar sinflar kesimida belgilangan fanlardan onlayn va an’anaviy shakllarda tashkil etiladi.

 

Imtihonlar quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

 

  • 5–7-sinflar: matematika va ona tili (ta’lim tiliga muvofiq);
  • 8-sinf: algebra va fizika;
  • 9-sinf: algebra va biologiya;
  • 10-sinf: algebra va kimyo;
  • 11-sinf: algebra va chet tili (ingliz, nemis yoki fransuz tili).

 

Onlayn shakldagi imtihonlar 23–31-oktyabr kunlari, an’anaviy shakldagi sinovlar esa 30-oktyabr kuni o‘tkazilishi belgilangan.

 

Izoh: imtihon sanalari o‘zgarishi mumkin. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.