Qoraqalpogʻistonlik 8-sinf oʻquvchisi SATʼdan 1260 ballni qoʻlga kiritdi

Qoraqalpogʻistonlik 8-sinf oʻquvchisi SATʼdan 1260 ballni qoʻlga kiritdi

Qoraqalpogʻistonda 8-sinf oʻquvchisi xalqaro SAT imtihonida 1260 ballni qoʻlga kiritdi. U ushbu natija uchun 3 oy tayyorgarlik koʻrgan.

 

Qoraqalpogʻiston respublikasi, Ellikqalʼa tumanidagi 29-sonli umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Mavlanov Xurshidjon SATʼdan 1260 ball natijaga erishdi.

 

Oʻquvchining soʻzlariga koʻra, u ushbu natija uchun 3 oy tayyorgarlik koʻrgan va ikkinchi urinishda qoʻlga kiritgan.

 

Oʻquvchi har kuni 6-7 soatlab dars qilgani, avvalo, uni oʻqishdan chalgʻituvchi hamma narsadan voz kechganini taʼkidlab oʻtdi.

 

Xurshidjon dunyoning yetakchi oliygohlarida oʻqishni maqsad qilgan va bu uchun hozirda IELTS sertifikatini olish uchun harakat qilayotganini soʻzladi.

 

Oʻquvchi tengqurlariga yaxshi natija uchun koʻp emas, muntazam dars qilish muhimligini aytib, maqsadga erishish uchun nimadandir kechish kerakligini eslatib oʻtdi. Yaʼni, maqsad oʻqish, ilm olish boʻlsa, insonni bu yoʻldan chalgʻitadigan barcha narsani tark etish kerakligini tavsiya qildi.

 

Oʻquvchining kelgusidagi oʻqish va ishlariga rivoj tilaymiz.

 

Avvalroq, Qashqadaryolik 4-sinf oʻquvchisi ingliz tilidan B2 natijani qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.