Qashqadaryolik 10 yoshli oʻquvchi ingliz tili boʻyicha CEFR imtihonidan B2 natijani qoʻlga kiritdi.
Qarshi shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabining 4-sinf oʻquvchisi Tairov Jahongir ingliz tilidan B2 sertifikatini qoʻlga kiritdi. Bu haqda uning oʻqituvchisi tahririyatimizga maʼlum qildi.
Ustozining ma’lum qilishicha, Jahongir hozirda 4-sinf oʻquvchisi va u B2 sertifikatni 3-sinfligida qoʻlga kiritgan.
Jahongir CEFR imtihonidan umumiy 51 ball olgan va 4 ta bosqichdan quyidagicha natijani qayd etgan:
listening: 56 ball
reading: 59
writing: 41
speaking: 46
Avvalroq, jizzaxlik 12 yoshli oʻquvchi ingliz tilidan B2 natijani qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, Olmalik shahridagi 5-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi xalqaro IELTS imtihonidan 9 ballni qoʻlga kiritib, Oʻzbekistondagi eng yosh “niner”ga aylangan edi.
