Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar uchun ajratilgan maqsadli davlat grantlari bo‘yicha o‘tkazilgan saralash imtihonlari natijalari e’lon qilindi. Talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali ko‘rishlari mumkin.
Joriy o‘quv yili uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun 1 452 ta davlat granti tasdiqlangan.
28-oktyabr kuni mazkur grantlarni taqsimlash uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida saralash imtihonlari tashkil etilgan edi.
Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ushbu imtihonlarning natijalari e’lon qilindi. Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali ko‘rishlari mumkin.
Tanlov natijalari qaydnomalari tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga taqdim etiladi.
Ma’lumot uchun, imtihonda 2 ming 900 nafardan ko‘proq talabgor ishtirok etgan. Imtihon topshirish tartib-qoidalarini buzgani sababli 2 nafar talabgor jarayondan chetlatilgan.
