Olmaliqda 11-sinf oʻquvchisi IELTSʼdan 9 ballni qoʻlga kiritdi

Olmaliqda 11-sinf oʻquvchisi IELTSʼdan 9 ballni qoʻlga kiritdi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 11-sinf oʻquvchisi IELTS imtihonidan 9 ball oldi.

 

Olmaliq shahridagi 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Saidaʼzamxon xalqaro IELTS imtihonidan 9 ballni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Oʻquvchi ingliz tili boʻyicha xalqaro imtihonda eng yuqori — 9 ballik natijani qoʻlga kiritgan. U listening va reading boʻyicha 9, speaking va writingʻdan esa 8.5 ballni qayd etgan. Ushbu natija eng yaxshi koʻratkichlardan biri hisoblanadi.

 

Avvalroq, Toshkent shahridagi 357-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi 2008-yilda tugʻilgan Nozima Qadamova 2025-yilning sentyabrida IELTS imtihonidan 9,0 ballni kiritib, eng yosh oʻzbekistonlik “niner”ga aylangan edi.

 

Maʼlumot uchun, 2020–2025-yillarda Oʻzbekistonda IELTSʼdan 9 ball olgan yoshlar soni 68 nafarga yetgan. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev maʼlum qilgan edi.