Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun magistraturaga maqsadli qabul boshlandi. Ariza qanday topshiriladi? (video)

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun magistraturaga maqsadli qabul boshlandi. Ariza qanday topshiriladi? (video)

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar pedagogika yo‘nalishidagi magistraturaga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha maqsadli qabul uchun ariza topshirishlari mumkin. Hujjatlar 30-iyulga qadar my.edu.uz portali orqali qabul qilinadi hamda qabul uchun jami 200 ta maqsadli kvota ajratilgan.

 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar pedagogika yo‘nalishidagi maqsadli magistratura uchun ariza topshirishlari mumkin.

 

Arizalar 30-iyulga qadar (shu kuni ham) my.edu.uz portali orqali qabul qilinadi.

 

Ariza topshirish uchun quyidagilar talab etiladi:

 

– Umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritilayotgan bo‘lishi;

 

– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xalqaro akkreditatsiyalangan tizimi orqali 2025-yil 1-yanvardan keyin oliy malaka toifasi berilgan bo‘lishi.

 

O‘rta maxsus hamda kasbiy ta’lim tizimida oliy malaka toifasini olib, keyinchalik maktabga ishga o‘tgan pedagoglar ushbu maqsadli qabulda ishtirok eta olmaydi.

 

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasining magistratura bosqichiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha 200 ta maqsadli kvota ajratilgan.

 

Ular o‘qitish tillari kesimida quyidagicha taqsimlangan:

 

– O‘zbek tilida – 152 ta;

 

– Rus tilida – 48 ta.

 

Oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar uchun magistraturaga maqsadli qabul boshlandi. Ariza qanday topshiriladi? (video)

 

Ariza topshirish jarayoni ketma-ketligi bilan quyida tanishishingiz mumkin: