Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha grant uchun SAT sertifikati inobatga olinadi?

Qaysi magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha grant uchun SAT sertifikati inobatga olinadi?

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab ayrim magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda SAT (Scholastic Aptitude Test) sertifikati inobatga olinadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur imtiyoz tatbiq etiladigan magistratura mutaxassisliklari ro‘yxatini e’lon qildi.

 

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab qo‘shimcha davlat granti asosida qabulda «College Board» tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Scholastic Aptitude Test (SAT) sertifikati quyidagi magistratura mutaxassisliklari uchun hisobga olinadi.

 

Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:

 

— Matematika;
— Matematik iqtisodiyot;
— Aktuar va moliyaviy matematika;
— Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika).

 

‘‘Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili’’ bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisligi:

 

— Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili.

 

‘‘Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili’’ bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:

 

— Lingvistika: ingliz tili;
— Adabiyotshunoslik: ingliz tili.

 

‘‘Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili’’ bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi magistratura mutaxassisliklari:

 

— Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili;
— Sinxron tarjima: ingliz tili.

 
Avvalroq, magistratura qabulida SAT sertifikati beradigan imtiyozdan qanday foydalanish mumkinligi haqida xabar bergan edik.