Ta’lim va ilm-fan vazirligining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish hamda Axborot-tahlil boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Vazirning tegishli buyruqlariga muvofiq, G‘aybullayev Farrux Yo‘ldoshevich Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi, Bekturdiyev Kadrbay Bekbosinovich esa Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimlariga tayinlandi.
Avvalroq, Ta’lim va ilm-fan vazirligining Markaziy apparati rahbari etib Nematov Inatillo Ubaydullayevich va Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamentiga rahbar etib Mirzayev Manuchexr Boborahimovich tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Bundan tashqari, 21-oktyabr kuni Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning yana uch nafar o‘rinbosari tayinlandi. Oybek Yo‘ldoshev vazirning birinchi o‘rinbosari, Mehriniso Pardayeva va Sanjar Mirzaliyev esa vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini egalladi.
