Taʼlim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamentiga Manuçehr Mirzayev rahbar etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Joriy yilning 3-oktyabr kuni Prezident farmoni bilan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Taʼlim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta taşkil etildi.
Bugun, 21-oktyabr kuni Mirzayev Manuçexr Boborahimoviç uşbu vazirlikning Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
Manuçehr Mirzayev 1983-yilda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tuğilgan. U 2007-yilda Termiz davlat universitetining matematika va informatika öqituvçisi yönalişi böyiça bakalavriat, 2009-yilda esa differensial tenglamalar mutaxassisligi böyiça magistratura bosqiçini tamomlagan.
Şuningdek, u 2009-yilda Germaniya Federativ Respublikasidagi Bildungszentrum am Müggelsee markazida, 2010-yilda esa Janubiy Koreyaning Seul şahridagi Korea Telecom (KT) kompaniyasida stajirovka ötagan.
Mehnat faoliyati
Mirzayev mehnat faoliyatini 2001-yilda Surxondaryo viloyati öqituvçilar malakasini oşiriş institutida operator-dasturçi sifatida boşlagan. Keyinçalik şu muassasada informatika fani uslubçisi, masofadan öqitişni hududiy muvofiqlaştiriş markazi koordinatori, markaz rahbari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari öqituvçisi lavozimlarida işlagan.
2002-2003-yillarda Surxondaryo viloyati öqituvçilar malakasini oşiriş instituti informatika fani uslubçisi, masofadan öqitiş hududiy muvofiqlaştiriş markazi koordinatori bölgan.
2003–2014-yillarda Surxondaryo viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti tarkibidagi malaka oşiriş, qayta tayyorlaş va masofadan öqitişni hududiy muvofiqlaştiriş markazi rahbari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari öqituvçisi sifatida faoliyat yuritgan.
2015–2017-yillarda Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti masofadan öqitiş hududiy muvofiqlaştiriş markazi rahbari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari öqituvçisi, jamoatçilik asosida içki nazorat va monitoring guruhi rahbari lavozimida işlagan.
2017–2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhida yetakçi mutaxassis bölgan. 2018-yilda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasining Surxondaryo hududiy bölimiga rahbarlik qilgan. Keyinçalik inspeksiyaning Samarqand hududiy bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-yilda Samarqand viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhida yetakçi mutaxassis, şu yili viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvçi bölgan. 2020–2025-yillarda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi sifatida işlagan.
2025-yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari, viloyat hokimining matbuot kotibi va axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Manuçehr Mirzayev rus, fors-tojik va ingliz tillarini biladi. U Özbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi kökrak nişoni bilan taqdirlangan. Şuningdek, 2011-yilda “Antique WORLD” xalqaro ilmiy akademiyasining faxriy doktori unvoniga sazovor bölgan
Eslatib ötamiz, kuni keça Taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning yana uç nafar örinbosari tayinlangan edi. Oybek Yöldoşev vazirning birinçi örinbosari, Mehriniso Pardayeva va Sanjar Mirzaliyev esa vazir örinbosarlari lavozimlarini egalladi.
