Endi OTM rektorlari 5 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlaydi

Endi OTM rektorlari 5 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlaydi

Kelgusi yildan boshlab oliy ta’lim muassasalari rektorlari muddatli mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritishni boshlaydi.

 

2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va filial direktorlari 5 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlash tartibiga oʻtkaziladi.

 

Bunda Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan taqdim etilgan nomzodlar kelgusi besh yil uchun oʻz strategik rejalarini taqdim etadi. Munosib deb topilgan nomzod bilan vazirlik oʻrtasida besh yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi.

 

Besh yillik muddat tugagach, rektor yoki filial direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish yoki bekor qilish masalasi strategik rejada belgilangan vazifalarning bajarilganligiga qarab hal qilinadi.

 

Bundan tashqari, Taʼlim va ilm-fan vazirligining markaziy apparatini malakali mutaxassislar bilan toʻldirish uchun 2027-yil 1-fevralga qadar istisno tariqasida tanlovsiz ishga qabul qilish imkoniyati ham beriladi.

 

Avvalroq, Ta’lim va ilm-fan vaziriga 3 nafar o’rinbosar tayinlangani haqida xabar bergan edik.