Endi pedagoglar attestatsiyasi ham Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladi

Endi pedagoglar attestatsiyasi ham Bilimni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladi

Endilikda pedagoglar attestatsiyasi jarayonlari ham toʻliq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladi.

 

Maʼlumotlarga koʻra, oʻqituvchilar attestatsiyasini oʻtkazuvchi markaz Bilimni baholash agentligiga qoʻshib yuborilmoqda.

 

Yaʼni, pedagoglar attestatsiyasini tashkil etib kelgan Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi faoliyati tugatilib, uning barcha vakolat va vazifalari Bilim va malakalarni baholash agentligiga oʻtkaziladi.

 

Mazkur oʻzgarish orqali attestatsiya jarayonlarini bevosita BMBA muvofiqlashtiradi.

 

Ushbu oʻzgarish Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining birlashtirilib, yangi Taʼlim va ilm-fan vazirligi tashkil etilishi bilan bogʻliq bo’lishi mumkin.