Ta’lim va ilm-fan vazirligiga Markaziy Apparat rahbari tayinlandi

Ta’lim va ilm-fan vazirligiga Markaziy Apparat rahbari tayinlandi

Sobiq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kotibyati boshlig‘i yangi lavozimga o‘tdi.

 

Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning tegishli buyrug‘i bilan Nematov Inatillo Ubaydullayevich Ta’lim va ilm-fan vazirligining Apparat rahbari lavozimiga tayinlandi.

 

Inatillo Ubaydullayevich bundan oldin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri kotibiyati boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

 

Avvalroq, Ta’lim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamentiga rahbar etib Mirzayev Manuchexr tayinlangani haqida xabar bergan edik.

 

Bundan tashqari, 21-oktyabr kuni Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimovning yana uch nafar o‘rinbosari tayinlandi. Oybek Yo‘ldoshev vazirning birinchi o‘rinbosari, Mehriniso Pardayeva va Sanjar Mirzaliyev esa vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini egalladi.