Oʻzbek alifbosi yangilandi: yangi alifbo qachondan kuchga kiradi? Qanday oʻzgarishlar boʻldi?

Oʻzbek alifbosi yangilandi: yangi alifbo qachondan kuchga kiradi? Qanday oʻzgarishlar boʻldi?

Prezident tomonidan oʻzbek alifbosini takomillashtirishga oid qonun imzolandi. Yangi alifboga koʻra, endi oʻzbek alifbosi 28 ta harf va bitta tutuq belgisidan iborat boʻladi.

 

2026-yil 21-oktyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish kiritish haqidagi Qonunni imzoladi.

 

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 7-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 10-sentyabrda maʼqullangan edi.

 

Yangi alifboda nimalar oʻzgardi?

 

Alifbo endi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi oʻrniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat boʻladi:

 

 Oʻ oʻ → Oʻ oʻ (oʻzbek, oʻqituvchi)

Gʻ gʻ → Gʻ gʻ (gʻalaba, togʻ)

Sh sh → Sh sh (shahar, quyosh)

Ch ch → Ch ch (chiroyli, kuch)

Tutuq belgisi (ʼ) saqlanib qoldi: maʼno, sheʼr

“ng” endi alohida birikma sifatida berilmaydi.

 

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi. Avvalgi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qogʻozlar amal qilaveradi. Davlat idoralarining ramziy belgilari, peshlavha va koʻrsatkichlardan ular yaroqsiz holga kelguniga yoki belgilangan muddatgacha foydalanilaveradi.

 

Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Qonun ijrosi boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi. Yangi alifbo — davlat tilini qoʻllash va raqamlashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Oʻzbek alifbosi yangilandi: yangi alifbo qachondan kuchga kiradi? Qanday oʻzgarishlar boʻldi?

Oʻzbek alifbosi yangilandi: yangi alifbo qachondan kuchga kiradi? Qanday oʻzgarishlar boʻldi?