Magistraturaga hujjat topshirayotgan abituriyentlar endilikda har bir mutaxassislik boʻyicha nechta ariza qabul qilinganini onlayn kuzatishlari mumkin. Buning uchun stat.edu.uz platformasida maxsus statistik maʼlumotlar eʼlon qilinmoqda.
Endilikda magistraturaga hujjat topshirayotgan talabgorlar stat.edu.uz platformasi orqali mutaxassisliklar kesimida qaysi yoʻnalishga nechta ariza topshirilganini real vaqt rejimida kuzatishlari mumkin.
Masalan, ayni paytda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining masofaviy taʼlim shaklidagi “Iqtisodiyot” mutaxassisligiga 90 ta ariza topshirilgan. Mazkur mutaxassislik uchun esa joriy yilda 30 ta kvota ajratilgan.
Statistikaga ko‘ra, bugungi kunga qadar jami 37 117 ta ariza qabul qilingan. Shundan bugunning o‘zida 1 579 nafar talabgor magistraturaga hujjat topshirgan.
Shuningdek, hujjat topshirganlarning asosiy qismini ayollar tashkil etmoqda. Xususan, 28 691 nafar ayol va 8 426 nafar erkak qabul jarayonida ishtirok etmoqda.
Hududlar kesimida eng ko‘p ariza Toshkent shahridan qayd etilgan bo‘lib, ularning soni 4 113 tani tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (3 763 ta) hamda Qashqadaryo viloyati (3 532 ta) qayd etilgan. Eng kam ariza Sirdaryo viloyatidan topshirilgan bo‘lib, hozirga qadar bu hududdan 1 144 nafar talabgordan ariza kelib tushgan.
Eslatib oʻtamiz, 2026/2027-oʻquv yili uchun magistratura bosqichiga quyidagi kvotalar tasdiqlangan:
Magistraturaga hujjat topshirayotgan talabgorlar arizalar sonini muntazam kuzatib borish orqali tanlagan mutaxassisligidagi raqobat darajasi haqida tasavvurga ega boʻlishlari mumkin.
Avvalroq, agistraturaga qabul uchun turdosh taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlangan edi.



