Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

Kecha Tailanddagi “Debsirin Nonthaburi” maktabida sodir bo‘lgan otishma yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar ma’lum bo‘ldi. Besh nafar o‘qituvchi halok bo‘lgan hujumda 30 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Voqea guvohlari otishma vaqtida boshdan kechirganlarini so‘zlab berdi, bosh vazir esa hujum “yaxshi rejalashtirilganini” bildirdi.

 

2026-yil 7-avgust kuni Tailandning Bangkok shahri yaqinidagi “Debsirin Nonthaburi” maktabida sodir bo‘lgan otishma oqibatida besh nafar o‘qituvchi halok bo‘lgani va bir necha yaralanganlar borligi haqida xabar bergan edik. Gumonlanuvchi 14 yoshli o‘quvchi bo‘lib, u maktabga kelishidan avval o‘z bobosi va buvisini ham joniga qasd qilgan. Ularning jasadlari esa yashash uyidan topilgandi.

 

BBC’ning yozishicha, “Debsirin Nonthaburi” maktabida sodir bo‘lgan otishmadan bir necha soat o‘tib, huquq-tartibot organlari voqea joyida tergov ishlarini davom ettirgan.

 

Tailand bosh vaziri Anutin Charnvirakulning ma’lum qilishicha, hujum oqibatida 5 nafar o‘qituvchi, hujumchining bobosi va buvisi hamda hujumchining o‘zi halok bo‘lgan. Shuningdek, 30 nafardan ortiq kishi jarohatlangan, ulardan to‘qqiz nafari og‘ir ahvolda bo‘lgan.

 

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar
Tailand bosh vaziri Anutin Charnvirakul

 

Hujumda ishlatilgan 9 millimetrli to‘pponcha bolaning bobosi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bola qurolni aprel oyida Instagram sahifasida ham namoyish qilgan.

 

Bosh vazirning aytishicha, hujum “yaxshi rejalashtirilgan” bo‘lgan. Politsiya otishmani keltirib chiqargan o‘quvchining yaqin do‘stidan olgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi o‘qish bilan bog‘liq stressni boshdan kechirgan bo‘lishi mumkin. Biroq hujumning aniq sababi yuzasidan tergov davom etmoqda.

 

O‘qituvchi: “O‘quvchilar qichqirgancha yugurib chiqayotganini ko‘rdim”

 

Maktabda ishlaydigan, ismini oshkor qilishni istamagan 31 yoshli o‘qituvchi voqea vaqtida maktab hududining boshqa chekkasidagi, 7–9-sinf o‘quvchilari tahsil oladigan binodan o‘q ovozlarini eshitganini aytgan.

 

Keyin o‘quvchilar qichqirgancha tashqariga yugurib chiqayotganini ko‘rdim. Ulardan nima bo‘lganini so‘radim. Ular: ‘Otishma bo‘lyapti!’ deb aytishdi, — degan u.

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

 

O‘qituvchining aytishicha, halok bo‘lganlardan biri, tay tili fani o‘qituvchisi uning yaqin do‘sti bo‘lgan.

 

U mening tengdoshim edi. Biz bu maktabda birga o‘qiganmiz. Keyinchalik ikkalamiz ham shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishga kirdik, — degan u.

 

“Hujumchi topilganida yuragi hali urib turgandi..”

 

47 yoshli qutqaruv xodimi Kiatikhun Verapongpradith Reuters agentligiga voqea joyiga yetib kelganida o‘qdan yaralangan o‘quvchilarni ko‘rganini aytgan.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim o‘quvchilarning qo‘li, tananing orqa qismi va ko‘kragiga o‘q tekkan.

 

Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilganidan so‘ng qutqaruvchilar yana bir o‘q ovozini eshitgan va politsiya yana bir kishi yaralanganini bildirgan.

 

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

 

Ular voqea joyiga yugurib borishganida, hujumchi o‘zini otib, yerga yiqilganini ko‘rishgan. Qutqaruvchining aytishicha, uning yuragi hali urib turgan bo‘lgan. Shundan so‘ng unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi o‘tkazilgan va kasalxonaga olib borish uchun maxsus taxta tayyorlangan. Shunday bo‘lsa-da, u vafot etgan.

 

Qutqaruvchilar voqea joyida o‘qotar qurol va hujumchining cho‘ntagida o‘qlarni ham ko‘rgan.

 

O‘quvchilar sinfxonalarda yashiringan

 

Otishma vaqtida o‘quvchilarning sinfxonada yashiringani aks etgan videolar ham tarqalgan. Ularda o‘quvchilar parta va stullar ostiga yashiringani, bir-biriga qo‘l uzatayotgani ko‘ringan.

 

17 yoshli o‘quvchi Pawarisa Maylissa AFP agentligiga hujumchi uning sinfxonasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tepasidagi qavatda bo‘lgandek tuyulgani va hatto o‘qlarning polga urilgan ovozlarini eshitganini aytgan.

 

O‘lib qolishimdan qo‘rqdim. Orzularimni amalga oshira olmay qolishimdan ham qo‘rqdim, — degan u.

 

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar
Reuters agentligi fotosi

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

 

Yana bir 18 yoshli o‘quvchi dastlab o‘q ovozlarini mushakbozlik yoki biror buyumning urilishidan chiqqan shovqin deb o‘ylaganini aytgan.

 

Avvaliga bu qurol ovozi deb o‘ylamadim. Ketma-ket bir necha marta o‘q uzildi. Keyin jimlik bo‘ldi, oradan biroz vaqt o‘tib yana otishma boshlandi, — ta’kidlagan u.

 

Maktab faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

 

“Debsirin Nonthaburi” maktabi otishmadan keyin 8–9-avgust kunlari barcha tadbirlar bekor qilinishini ma’lum qilgan. Maktab rahbariyati qon topshirishga ham chaqirgan.

 

Keyinchalik ta’lim muassasasi 10–14-avgust kunlari ham yopiq bo‘lishini bildirgan.

 

Ma’lumot uchun, “Debsirin Nonthaburi” maktabi Bangkokdagi 1885-yilda tashkil etilgan mashhur Debsirin maktabining filiallaridan biri hisoblanadi. Ushbu ta’lim muassasasida Tailandning ko‘plab taniqli shaxslari, jumladan diplomatlar, sportchilar, bosh vazirlar va qirollik oilasi vakillari tahsil olgan.

 

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

Tailandda qurol nazorati kuchaytirilishi mumkin

 

Otishmadan so‘ng Tailandda qurol-yarog‘ nazoratini kuchaytirish masalasi yana kun tartibiga chiqdi.

 

Bosh vazir Anutin Charnvirakul yangi qurol-yarog‘ nazorati to‘g‘risidagi qonun ishlab chiqilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, taklif etilayotgan qonunga ko‘ra, qurol olib yurish huquqi faqat xizmat vazifasini bajarayotgan davlat xizmatchilari bilan cheklanishi mumkin.

 

Bosh vazir yangi qonunning boshqa tafsilotlarini, jumladan, qurolga egalik qilish talablari o‘zgartiriladimi yoki yo‘qmi, ochiqlamagan.

 

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

Hujum yaxshi rejalashtirilgan: Tailanddagi maktab otishmasi bo‘yicha yangi tafsilotlar

 

Ayni paytda politsiya hujumchining uyi va maktabdagi voqea joyida tergov ishlarini davom ettirmoqda. Huquq-tartibot xodimlari gumonlanuvchining uyidan kompyuter jihozlari va boshqa buyumlarni olib chiqib, hodisaning sabablarini aniqlashga harakat qilmoqda.

 

Avvalroq, Turkiyaning Kahramanmarash shahrida joylashgan maktablardan birida 8-sinf o‘quvchisi otishma sodir etgandi. Hodisa oqibatida esa 4 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohat olgani haqida ma’lumot berilgandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish