Turkiyaning Kahramanmarash shahrida joylashgan maktablardan birida otishma sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohat olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 8-sinf o‘quvchisi ov quroli bilan maktabga kirib, ikki sinf xonasida tartibsiz o‘q uzgan.
Viloyat hokimining ta’kidlashicha, halok bo‘lganlarning 3 nafari o‘quvchi, 1 nafari esa o‘qituvchi. Jarohatlanganlardan ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani qayd etilgan.
Tekshiruvlarga ko‘ra, hujum qilgan o‘quvchi qurollar otasiga tegishli bo‘lgani taxmin qilinmoqda. U maktabga 5 ta qurol va 7 ta o‘q-dori bilan kelgan.
Ma’lum qilinishicha, hujumchi voqea vaqtida halok bo‘lgan. Uning o‘z joniga qasd qilgani yoki tartibsizlik paytida jarohat olgani hozircha aniq emas.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz: Bundan bir kun avval ham Turkiyaning Şanlıurfa viloyati Siverek tumanidagi Ahmet Koyuncu kasb-hunar va texnik litseyida otishma sodir boʻlgan edi. Hodisa oqibatida 16 kishi jarohat olgan. Ularning 4 nafari o‘qituvchi, 10 nafari o‘quvchi, yana biri politsiya xodimi hamda biri maktab oshxonasi xodimi hisoblanadi.
