6-noyabr kuni attestatsiyada yuqori natija qayd etgan boshlang‘ich ta’lim pedagoglari ro‘yxati

6-noyabr kuni attestatsiyada yuqori natija qayd etgan boshlang‘ich ta’lim pedagoglari ro‘yxati

Bugun, 6-noyabr kuni boshlang‘ich ta’lim pedagoglari uchun navbatdagi toifa sinovlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur imtihonlarda qator o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etdi.

 

Xabaringiz bor, joriy yilning 2-noyabr kunidan boshlab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda.

 

Bugun ushbu fan bo‘yicha malaka sinovlarining 5-kuni bo‘lib o‘tdi, imtihonlar 7-noyabrga qadar 6 kun davom etadi.

 

Attestatsiyada yuqori natijalarni qayd etgan o‘qituvchilar ro‘yxati bilan quyida tanishing:

 

  • Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumanidagi 35-sonli maktab oʻqituvchisi Gulnoza Aliyarova —100 ball;
  • Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 19-sonli maktab oʻqituvchisi Feruza Jamolova — 100 ball;
  • Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi 8-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Madina Bafoyeva — 100 ball;
  • Jizzax viloyati, Paxtakor tumani 1-sonli maktabi oʻqituvchisi Shahodatxon Aminxanova — 98 ball;
  • Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Pardaboyeva Muzayyam — 96 ball;
  • Buxoro viloyati, Buxoro tumanidagi 7-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Malikabonu Raviyeva — 96 ball;
  • Fargʻona viloyati, Fargʻona shahridagi 26-sonli maktab oʻqituvchisi Maftunaxon Akbarova — 96 ball;
  • Fargʻona viloyati, Quva tumanidagi 29-sonli maktab oʻqituvchilari Malohat Soliddinova — 94 ball;
  • Navoiy viloyati, Navoiy shahri 22-sonli maktab oʻqituvchisi Aziza Qalandarova — 94 ball;
  • Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Jasurova Farida — 92 ball;
  • Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi  Kumushoy Bohodirova — 92 ball;
  • Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Nurmatova Feruza — 90 ball;
  • Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanidagi 29-sonli umumtaʼlim boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi Jumasheva Zulfiya — 90 ball;
  • Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Rajabova Munisa — 88 ball;
  • Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumanidagi 28-sonli umumtaʼlim oʻqituvchisi Sarsenova Guljahon — 86 ball;
  • Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Umarova Nihola — 86 ball;
  • Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Abdullayeva Inobat — 86 ball;
  • Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 33-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Jomurodova Surayyo — 86 ball;
  • Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani 17-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Ma’muraxon Ubaydullayeva — 86 ballni qo‘lga kiritdi.

 

9–10-noyabr kunlari matematika fani o‘qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari o‘tkaziladi. Ushbu sinovlarda ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, pedagoglar attestatsiya testini yakunlagach, pedagog.uzedu.uz platformasi orqali natijalar bo‘limidan savollar qaysi mavzularga oid ekanini ko‘rishi mumkin. Bu imkoniyat qo‘shimcha tayyorgarlik talab etiladigan yo‘nalishlarni aniqlashga yordam beradi.

 

Shuningdek, sinovtest.uz saytida pedagoglar uchun fan spetsifikatsiyasi asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi muntazam ravishda yangi savollar bilan to‘ldirib boriladi.