Kitob o‘qish va muzeyga borish biologik qarishni sekinlashtiradi — tadqiqot

Kitob o‘qish va muzeyga borish biologik qarishni sekinlashtiradi — tadqiqot

Kitob o‘qish, galareya hamda muzeyga borish kabi san’at faoliyatlarida muntazam ishtirok etish biologik qarish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Bu bo‘yicha London Universiteti Kolleji (UCL) olimlari yangi tadqiqotni amalga oshirdilar. Tadqiqot “Innovation in Aging” jurnalida e’lon qilindi.

 

London Universiteti Kolleji (UCL) olimlarining yangi tadqiqotlariga ko‘ra, kitob o‘qish, musiqa tinglash, galereya yoki muzeyga tashrif kabi san’at faoliyatlarida muntazam ishtirok etish biologik qarish jarayoniga ta’sir qilishi mumkin.

 

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyadagi 3 556 nafar kattalarning so‘rov va qon testlari ma’lumotlari tahlil qilingan. Tadqiqotchilar san’at va madaniyat bilan shug‘ullanishni DNA’dagi kimyoviy o‘zgarishlar bilan solishtirgan — bu o‘zgarishlar genetik kodni o‘zgartirmasdan qarish jarayonini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.

 

Tadqiqot usuli

 

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, san’at va madaniyat bilan ko‘proq va turli xil faoliyatlarda shug‘ullangan odamlar DNA’dagi o‘zgarishlar asosida biologik yosh jihatidan yoshroq va qarish jarayoni sekinroq bo‘lgan.

 

Tadqiqot natijalari jismoniy mashqlar bilan olingan ta’sirlarga o‘xshash. Masalan, haftasiga kamida bir marta san’at faoliyati bilan shug‘ullanganlar kamroq shug‘ullanganlarga qaraganda 4% sekinroq qarigan. Bu ko‘rsatkich haftasiga bir marta jismoniy mashq qilganlar va umuman mashq qilmaganlar bilan solishtirilgan ta’sirga teng.

 

Must-Read Novels This Winter Season — Hearts + Minds

 

Bog‘lanish ayniqsa, 40 yosh va undan katta odamlar uchun kuchliroq bo‘lgan va BMI (tana massasi indeksi), chekish, ta’lim darajasi va daromad kabi omillar hisobga olinsa ham saqlangan.

 

Mutaxassislarning fikri

 

UCL Epidemiologiya va Sog‘liqni Saqlash Instituti professori Daisy Fancourt bu borada shunday dedi:

 

“Natijalar san’atning biologik darajadagi sog‘liq uchun foydali ta’sirini ko‘rsatadi. Bu san’at va madaniyat bilan shug‘ullanishni jismoniy mashqlar kabi sog‘liqni qo‘llab-quvvatlovchi odat sifatida tan olishga asos bo‘lishi mumkin. Turli faoliyatlarda ishtirok etish foydali, chunki har bir faoliyat jismoniy, aqliy, hissiy yoki ijtimoiy jihatdan sog‘liqni yaxshilaydi”.

 

Engaging with the arts linked to slower aging at the biological level

 

Dr. Feifei bu tadqiqotning katta muallifi, shunday qo‘shimcha qildi:

 

“Bu tadqiqot — san’at va madaniyat bilan shug‘ullanish biologik qarish tezligini sekinlashtirishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan birinchi dalildir. Oldingi tadqiqotlar xuddi jismoniy mashqlar kabi san’at — stressni kamaytirishi, yallig‘lanishni pasaytirishi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishini ko‘rsatgan”.

 

Ma’lum qilinishicha, tadqiqot “UK Household Longitudinal Study” ma’lumotlaridan foydalangan. Bu milliy namuna bo‘lib, ishtirokchilarning qon namunalaridan ularning biologik yoshi va qarish tezligi hisoblangan.

 

Buning uchun 7 ta epigenetik soat ishlatilgan — bu DNAdagi yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarni o‘lchovchi testlar. Har bir soat genomdagi turli joylarda metilatsiyani o‘lchagan (metil molekula nukleotidga qo‘shiladi).

 

“San’at va madaniyat — qarishni sekinlashtiradi..”

 

DunedinPoAm va DunedinPACE soatlari qarish tezligini hisoblaydi — qarish tezligi yuqori bo‘lsa, yoshga bog‘liq kasalliklar xavfi oshadi.

 

DunedinPACE soati bo‘yicha, yiliga kamida uch marta san’at faoliyati bilan shug‘ullanganlar 2% sekinroq qarigan, oyda bir marta shug‘ullanganlar 3%, haftasiga bir marta — 4% sekinroq qarigan. Bu farq ilgari chekish holatlari bilan solishtirilgan o‘xshash farqga teng.

 

Engaging with arts and culture can slow biological aging as much as exercise, study suggests | CNN

 

PhenoAge testi bo‘yicha, haftasiga kamida bir marta san’at va madaniyat bilan shug‘ullangan odamlar o‘rtacha biologik yosh jihatidan bir yil yoshroq bo‘lgan. Haftasiga bir marta mashq qilganlar esa yarim yil yoshroq bo‘lgan.

 

Professor Fancourt — UNESCO San’at va Global Sog‘liq kafedrasi raisi va Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining (WHO) UCL’dagi San’at va Sog‘liq bo‘yicha Hamkorlik Markazi direktori. U va uning jamoasi deyarli 10 yil davomida san’at va sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib kelmoqda.

 

Avvalroq, ota-ona bilan birga kitob oʻqish bolalarda soʻzlashish qobiliyatini yaxshilashi bo‘yicha tadqiqot olib borilganligi haqida xabar berilgandi.

 

Shuningdek, pul haqida, moliyaviy savodxonlikni oshirish va boy bo‘lishga yordam berishi mumkin bo‘lgan TOP-10 kitob haqida yozgan edik.