Ota-ona bilan birga kitob oʻqish bolalarda soʻzlashish qobiliyatini yaxshilaydi — tadqiqot

Ota-ona bilan birga kitob oʻqish bolalarda soʻzlashish qobiliyatini yaxshilaydi — tadqiqot

So‘nggi yillarda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida ekranlardan foydalanish keskin oshdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Smartfon, planshet va televizor orqali ko‘rsatiladigan turli kontent bolalar kundalik faoliyatining muhim qismiga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Xitoylik tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ilmiy tadqiqot ota-onalar bilan birgalikda kitob o‘qish maktabgacha yoshdagi bolalarda til va ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarning yaxshiroq rivojlanishiga xizmat qilishini ko‘rsatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Tadqiqot natijalari “Computers in Human Behavior” ilmiy jurnalida e’lon qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadqiqot Xitoyning Lanchjou shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan 202 nafar bola va ularning ota-onalari ishtirokida olib borildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Kuzatuv jarayonida bolalarning kundalik faoliyati, xususan, ekran qarshisida o‘tkazgan vaqti, ota-onalari bilan birga kitob o‘qishi hamda ular bilan birgalikda o‘yin o‘ynashi muntazam ravishda qayd etib borildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadqiqot davomida bolalarga ekran orqali ma’rifiy va ko‘ngilochar kontent namoyish etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu kontentni bolalarning mustaqil ravishda yoki ota-onalari bilan birgalikda tomosha qilishi alohida tahlil qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bolalarning rivojlanish darajasi til ko‘nikmalari, his-tuyg‘ularni anglash hamda ijtimoiy me’yorlarni tushunish bo‘yicha standartlashtirilgan testlar yordamida baholandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tahlil natijalari ota-onalari bilan muntazam va ko‘proq vaqt davomida kitob o‘qigan bolalarda til rivoji sezilarli darajada yuqori ekanini ko‘rsatdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bunday bolalar so‘z boyligi, fikrni ifodalash va muloqotga kirishish borasida yaxshiroq natijalarni namoyon etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, ular ijtimoiy vaziyatlarni tezroq anglash, his-tuyg‘ularni tushunish va boshqalar bilan samarali munosabat o‘rnatish qobiliyatiga ega ekani aniqlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Aksincha, ekran qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazgan bolalarda til rivojlanishi va ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalar pastroq bo‘lgani kuzatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Tadqiqotchilarning fikricha, hatto ma’rifiy ekran kontenti ham ota-ona bilan yuzma-yuz muloqot va birgalikda o‘qish jarayonida yuzaga keladigan hissiy bog‘lanishning o‘rnini to‘liq bosa olmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ekran orqali bilim olishda jonli muloqot, mimika, ovoz ohangi va ijtimoiy o‘zaro ta’sir yetishmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Olimlar ta’kidlashicha, ota-ona bilan kitob o‘qish jarayoni bolaga nafaqat yangi so‘zlar va tushunchalarni o‘rgatadi, balki unda hissiy xavfsizlik, ishonch va ijtimoiy yaqinlik tuyg‘ularini ham shakllantiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa bolalarning umumiy rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadqiqot natijalari maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida ekran vaqtini cheklash va ota-ona ishtirokidagi o‘qish hamda birgalikdagi faoliyatlarga ustuvor ahamiyat berish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ota-ona bilan birga kitob o‘qish bolalarning til salohiyati, ijtimoiy moslashuvi va hissiy barqarorligini rivojlantirishda eng samarali usullardan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠