Pedagoglarni kasbiy sertifikatlash natijalari bo‘yicha tahlil e’lon qilindi

Pedagoglarni kasbiy sertifikatlash natijalari bo‘yicha tahlil e’lon qilindi

2024–2026-yillarda pedagoglarni kasbiy sertifikatlash natijalari bo‘yicha tahlil e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Unga ko‘ra, hududlar kesimida eng yuqori natija Buxoro viloyatida qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Pedagoglarning 49,7 foizi sertifikat olgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan 2026-yil 8-sentyabr holatiga ko‘ra, pedagog.uzedu.uz yagona elektron bazasi ma’lumotlari asosida kasbiy sertifikatlash natijalari bo‘yicha tahlil tayyorlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, 2024–2026-yillarda 47 936 nafar pedagog kasbiy sertifikatlash sinoviga jalb etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Shundan 18 079 nafari yoki 37,7 foizi sertifikat olgan, 7 560 nafar pedagog esa sinovda umuman ishtirok etmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hududlar kesimida Buxoro viloyati 49,7 foizlik natija bilan birinchi o‘rinni egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Andijon viloyatida esa sertifikat olgan pedagoglar ulushi 24,9 foizni tashkil qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ikki hudud o‘rtasidagi farq 24,8 foiz punktni tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Pedagoglarni kasbiy sertifikatlash natijalari bo‘yicha tahlil e’lon qilindi
Hududlar kesimida kasbiy sertifikat olganlar ulushi, 2024–2026-yillar, foiz Manba: Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Kasbiy sertifikatlash natijalari pedagoglarni tayyorlagan oliy ta’lim tashkilotlari kesimida ham tahlil qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Kamida 200 nafar bitiruvchisi sinovda qatnashgan 28 ta oliygoh reytingga kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Oliy ta’lim tashkilotlari orasidagi eng yuqori natija Samarqand davlat chet tillar institutida qayd etilgan — uning bitiruvchilarining 58,2 foizi sertifikat olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Keyingi o‘rinlarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti — 52,8 foiz hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti — 52,4 foiz natija qayd etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Reytingdagi eng yuqori va eng past ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi tafovut 2,6 baravarni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Pedagoglarni kasbiy sertifikatlash natijalari bo‘yicha tahlil e’lon qilindi
Kasbiy sertifikatlashdan o‘tganlar ulushi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega 14 ta OTT, 2024–2026-yillar, foiz Manba: Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Tahlilda pedagoglarning ish staji bo‘yicha natijalar ham keltirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ 20 yil va undan ortiq ish stajiga ega pedagoglarning 19,2 foizi sertifikat olgan bo‘lsa, yangi ish boshlagan pedagoglarda bu ko‘rsatkich 45,2 foizni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Kasbiy sertifikatlash 46 ta o‘quv fani va mutaxassislik bo‘yicha o‘tkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Kamida 100 nafar ishtirokchisi bo‘lgan fanlar orasida eng yuqori natija davlat va huquq asoslari fanida qayd etilgan — 75,1 foiz.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Eng past ko‘rsatkich informatika va axborot texnologiyalari faniga to‘g‘ri kelib, 19,2 foizni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Amaldagi tartibga ko‘ra, kasbiy sertifikatlash nazorat sinovi 50 ta topshiriqdan iborat bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun 2 balldan beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Talabgor sertifikat olish uchun kamida 56 ball, ya’ni 50 ta topshiriqdan kamida 28 tasiga to‘g‘ri javob berishi kerak.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hududlar, fanlar va 28 ta oliy ta’lim tashkiloti kesimidagi natijalar bilan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan tahliliy sharhda tanishish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq agentlik tomonidan 73 ta akademik litseyda o‘quvchilar va pedagoglar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Unda 27 mingdan ortiq respondent qatnashib, dars sifati, o‘qituvchilar faoliyati va ta’lim sharoitlariga munosabatini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠