Boshlang‘ich ta’limdan milliy sertifikat imtihoni boshqa sanalarga ko‘chirildi

Boshlang‘ich ta’limdan milliy sertifikat imtihoni boshqa sanalarga ko‘chirildi

Boshlang‘ich ta’lim fanidan milliy sertifikat imtihonlari 5–6-dekabr kunlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ BMBA mas’ullari imtihon muddatining o‘zgartirilishiga talabgorlar soni ko‘pligi va barcha pedagoglardan bir kunda imtihon olish imkoniyati yo‘qligini sabab qilib ko‘rsatdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bilimni baholash agentligi tomonidan avgust oyida e’lon qilingan umumta’lim fanlaridan 2026-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari jadvalida boshlang‘ich ta’limdan milliy sertifikat imtihonlari 20-noyabr kuni elektron shaklda o‘tkazilishi ko‘rsatilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ammo keyinchalik imtihonlar elektron emas qog‘oz shaklida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi. Imtihon uchun talabgorlar soniga ham limit qo‘yilmadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ushbu sabablardan kelib chiqib, imtihon jadvalda ko‘rsatilgan 20-noyabr kunidan 5-6-dekabr kunlariga ko‘chirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul xodimi  Talimxabarlari.uz ga ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

‘‘Bir kunning o‘zida buncha o‘qituvchidan imtihon olishning imkoni yo‘q, shu sababli imtihon kunlari ikki kunga — 5-6-dekabr sanalariga o‘zgartirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu bilan pedagoglar my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tayotganda ham ogohlantirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ O‘shanda imtihonlar 20-noyabrdan 6-dekabrga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgani ko‘rsatib o‘tilgan edi’’ — deydi agentlik mas’uli Talimxabarlari.uzga.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, ushbu imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tish 23-oktyabrdan 5-noyabrga qadar davom etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ To‘lov qilishning so‘nggi muddati 6-noyabrda yakunlangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ushbu imtihonning o‘tkazilishi tartibi bo‘yicha Talimxabarlari.uz Ilmiy-o‘quv amaliy markazi mas’ullari bilan ovozli chat o‘tkazgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ovozli chatning yozib olingan audio formatini bu yerda tinglashingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠