Bilimni baholash agentligi huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlarini e’lon qildi. Hujjatlarda imtihon savollarini shakllantirishda foydalaniladigan qonunchilik manbalari hamda fan mavzulari ko‘rsatilgan.
Bilimni baholash agentligi tomonidan huquqshunoslik fanidan milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti (spetsifikatsiyasi) ishlab chiqildi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarorida huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlari, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida shakllantirilishi belgilangan bo‘lib, test varianti tafsilotida huquqshunoslik fanlarining mavzulariga oid qonunchilik hujjatlari ro‘yxati ham keltirilgan.
Test topshiriqlarini shakllantirishda ushbu qonunchilik hujjatlariga huquqshunoslik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular doirasidagina murojaat qilinadi.
Shuningdek, test varianti tafsiloti asosida esa test topshiriqlari shakllantirilib, barcha hududlarda ikki marotaba aprobatsiyadan o‘tkazildi va namunaviy test topshiriqlari tayyorlandi.
Huquqshunoslik fanidan test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari bilan quyidagi havolalar orqali Agentlikning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin:
Huquqshunoslik fanidan test spetsifikatsiyasi — yuklab olish;
Ushbu fandan namunaviy test topshiriqlari — O‘zbek tilida yuklab olish, Qoraqalpoq tilida yuklab olish.
