Texnik sabablarga ko‘ra 17–19-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan pedagog kadrlarning malaka toifasi sinovlari 1–3-dekabr kunlariga ko‘chirildi. 20–30-noyabr kunlariga belgilangan imtihonlar esa tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.
Taʼlim va ilm-fan vazirligi texnik sabablarga koʻra pedagog kadrlarning malaka toifasi sinovlari muddatiga oʻzgartirish kiritilganini maʼlum qildi.
Jumladan, 2026-yilning 17-, 18- va 19-noyabr kunlariga belgilangan malaka toifasi sinovlari mos ravishda 1-, 2- va 3-dekabr kunlariga koʻchirildi.
Yaʼni:
- 17-noyabrdagi sinovlar — 1-dekabrga;
- 18-noyabrdagi sinovlar — 2-dekabrga;
- 19-noyabrdagi sinovlar — 3-dekabrga.
Shuningdek, Kasbiy ta’lim agentligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 1–3-dekabr kunlariga rejalashtirilgan malaka toifasi sinovlari 4–5-dekabr kunlariga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, tasdiqlangan jadvalga ko‘ra, 16–17-noyabr kunlari Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti hamda Turkman tili va adabiyoti fanlar bo‘yicha attestatsiya sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
18–20-noyabr kunlari esa ingliz, fransuz, nemis (umumta’lim maktablarida), xitoy, yapon va koreys tillari fanlari o‘qituvchilari attestatsiyadan o‘tishi belgilangan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 20–30-noyabr kunlariga belgilangan sinovlar jadvalga muvofiq o‘zgarishsiz o‘tkaziladi.
