2026-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya sinovlari sanalar e’lon qilindi

2026-yil avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan attestatsiya sinovlari sanalar e’lon qilindi

Maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun 2026-yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

 

26-oktabr (1 kun)

  • Informatika va axborot texnologiyalari;

 

27-29-oktabr (3 kun)

  • Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun);
  • Oʻzbek tili (Davlat tili);

 

Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi.



30-31-oktabr (2 kun)

  • Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim);
  • Musiqa madaniyati;
  • (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni bo‘lib o‘tadi).

 

2-7-noyabr (6 kun)

  • Boshlangʻich taʻlim;



9-10-noyabr (2 kun)

  • Matematika;



11-noyabr (1 kun)

  • Fizika;



12-13-noyabr (2 kun)

  • Tarix;
  • Davlat va huquq asoslari;
  • Tarbiya;

 

14-noyabr (1 kun)

  • Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun);
  • Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi – oʻgʻil bolalar uchun);


16-17-noyabr (2 kun)

  • Rus tili (milliy maktablarda);
  • Rus tili va adabiyoti;
  • Qozoq tili va adabiyoti;
  • Qirg‘iz tili va adabiyoti;
  • Tojik tili va adabiyoti;
  • Turkman tili va adabiyoti;

 

18-20-noyabr (3 kun)

  • Ingliz tili (Umumta’lim);
  • Fransuz tili (Umumta’lim);
  • Nemis tili (Umumta’lim);
  • Xitoy tili;
  • Yapon tili;
  • Koreys tili;


21-noyabr (1 kun)

  • Tasviriy sanʻat va chizmachilik;
  • Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik;
  • Geografiya;
  • Iqtisodiy bilim asoslari;

 

23-24-noyabr (2 kun)

  • Biologiya;
  • Kimyo;


25-noyabr (1 kun)

  • Psixolog;
  • Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim);
  • Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim);
  • Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari:
    2-smena
  • Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun
  • (jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno).

 

26-27-noyabr (2 kun)

  • Ingliz tili (Maktabgacha);
  • Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi;
  • Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi;
  • Jismoniy tarbiya (Maktabgacha);
  • Musiqa xodimi (Musiqa rahbari);
  • Nemis tili (Maktabgacha);
  • O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha);
  • O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha);
  • Rus tili (Maktabgacha);
  • Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari);

 

27-28-noyabr (2 kun)

  • Qoraqalpoq tili (Davlat tili);
  • Qoraqalpoq tili va adabiyoti;

 

Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi.

 

Avvalroq ushbu kuzgi attestatsiya sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilangan edi. Quyidagi havolada joy manzillari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.

 

Izoh: Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, Sinovtest.uz‘da pedagoglar uchun spetsifikatsiya asosida tuzilgan namunaviy testlar jamlangan. Testlar bazasi yangi testlar bilan muntazam ravishda to‘ldirib borilmoqda. Pedagoglar ushbu namunaviy testlar orqali attestatsiya imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.