Adliya vazirligi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining ayrim lavozimlari uchun mehnatga haq to‘lash shartlariga oid idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi ayrim ta’lim muassasalari bosh hisobchilari, yetakchi hisobchilari, hisobchilari va kadrlar bo‘yicha inspektorlari uchun ko‘p yillik mehnat stajiga qarab oylik ustamalar belgilandi.
Hujjatga muvofiq, quyidagi ta’lim muassasalari bosh hisobchilari, yetakchi hisobchilari, hisobchilari hamda kadrlar bo‘yicha inspektorlariga ko‘p yillik ish staji uchun oylik ustamalar to‘lanadi:
- reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan ko‘p tarmoqli davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
- ixtisoslashtirilgan maktablar;
- ko‘p funksional inklyuziv-resurs makтаблар;
- ko‘p tarmoqli maktab va maktab-internatlar;
- ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
- maxsus texnikumlar;
- ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazlari.
Ustamalar xodimning lavozim maoshiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
| Mehnat staji | Oylik ustama |
| 1 yildan 3 yilgacha | 30 foiz |
| 3 yildan 5 yilgacha | 60 foiz |
| 5 yildan 10 yilgacha | 80 foiz |
| 10 yildan 15 yilgacha | 100 foiz |
| 15 yil va undan ortiq | 120 foiz |
Shunday qilib, mazkur tartibda ko‘rsatilgan lavozimlarda ishlovchi va kamida 15 yillik mehnat stajiga ega xodimlarga lavozim maoshining 120 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanishi belgilangan.
Avvalroq, ilmiy darajali xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi o‘zgargani haqida xabar bergan edik.
