Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 69 nafar bitiruvchisidan 28 nafari maksimal ball bilan muddatidan oldin talaba boʻldi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot kotibining Talimxabarlari.uz saytiga maʼlum qilishicha, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatidagi bitiruvchilarning 40 foizi barcha fanlardan sertifikat olib, talabalikni naqd qilgan.
Bugun ushbu maktabda 69 nafar bitiruvchi oʻquvchilar tahsil olmoqda va ulardan 28 nafari 4-5 ta fandan milliy sertifikat olib, muddatidan oldin 189 ballni naqd qilgan. Bundan tashqari yana 10 nafar bitiruvchi oʻquvchilarning 189 ball uchun faqat bittadan majburiy fan sertifikati kamlik qilmoqda.
Quyida 189 ballni naqd qilgan oʻquvchilar roʻyxati keltirilgan:
Abdullayeva Farangiz Ravshan qizi
Abdullayev Shaxlo Aziz qizi
Quchqarov Shaxzod Otabekovich
Hayitov Kamronbek Kamoliddin oʻgʻli
Hojiyev Sardor Baxtiyor oʻgʻli
Latipova Nastrin Alijon qizi
Negboyev Murodjon Hamdam oʻgʻli
Shavkatova Nafosat Sherali qizi
Erjonov Samandar
Odilov Nazarbek Nodirbekovich
Saidniyozov Qodirbek Xurshidovich
Sulaymonova Durdona Anvar qizi
Raxmatullayev Asilbek Yorqinjon oʻgʻli
Sultonova Goʻzal Soxibovna
Temirova Begoyim Bekzod qizi
Shadikulov Hayot Shuxratovich
Hakimov Javohir Yunus oʻgʻli
Isroilov Suhrobbek Sobirjon oʻgʻli
Maxmudova Madina Asat qizi
Ravshanov Ollobergan
Rustamov Behruz Valiyevich
Salimova Malika Sirojiddin qizi
Tojiboyev Asadbek Mansurjon oʻgʻli
Toshpoʻlatova Kamola Xurshid qizi
Uktamov Sherzod Rustam oʻgʻli
Yandillayeva Ibragim
Yuldoshev Sanjar Muhiddin oʻgʻli
Sobirov Sarvar Baxodir oʻgʻli
Ushbu maktab direktori Odil Norovning Talimxabarlari.uz saytiga bergan intervyusida taʼkidlashicha, oʻquvchilarning oʻqishga kirishi boʻyicha eng yaxshi natija 2025-yilda kuzatilgan. Oʻtgan yilgi bitiruvchilarning barchasi oʻqishga kirgan boʻlib, 60 nafar bitiruvchidan 42 nafari grant, 18 nafari kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.
Direktorning soʻzlariga koʻra, maktabda oʻquvchilar qiziqishiga qarab qoʻshimcha darslar va maxsus, akademik soatlar tashkil qilingan. Jumladan, SAT, IELTS va sport toʻgaraklari, xorijiy til oʻrganish kurslari, Robototexnika va IT mashgʻulotlari, kitobxonlik klublari, Zakovat va intellektual oʻyinlar oʻtkaziladi.
Direktorning maʼlum qilishicha, maktabda oʻquvchilarning ishtiyoqini oshirish maqsadida oʻquvchilar oʻrtasida har oylik monitoring olinadi va eng yaxshi oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi. Shuningdek, har doim ota-onalarga bilan oʻquvchilarning natijasi, oʻzlashtirishi boʻyicha maʼlumot berib, ular bilan hamkorlikda ishlanadi.
