Bulungʻurdagi maktab oʻquvchisining IELTSʼdan 9 ball olgani tasdiqlanmadi

Bulungʻurdagi maktab oʻquvchisining IELTSʼdan 9 ball olgani tasdiqlanmadi

Samarqandda maktab oʻquvchisining IELTSʼdan 9 ball olgani haqidagi xabar tasdiqlanmadi. Aslida oʻquvchining natijasi koʻrsatilgan natijadan pastroq ekanligi maʼlum boʻldi.

 

Avvalroq, Bulungʻur tumanidagi maktablardan birining oʻquvchisi IELTS imtihonidan 9 ballik natija olgani haqida Bulungʻur tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xabar bergan edi. Ushbu xabar tasdiqlanmadi. Ta’lim boʻlimi esa telegram kanaldan xabarni oʻchirib yuborgan.

 

Talimxabarlari.uzʼga bolaning yaqinlari xabar berishicha, oʻquvchining doʻstlari oʻzaro hazillashish tariqasida ushbu sertifikatni tayyorlagan va bu ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgan. Oʻquvchi esa aslida IELTSʼdan 5.5 ball olgan.