25-sentyabr kuni musiqa madaniyati fanidan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

25-sentyabr kuni musiqa madaniyati fanidan o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

Joriy yil 25-sentyabr kuni musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalarini e’lon qildi. Talabgorlar o‘z natijalarini elektron tarzda tekshirishi va sertifikatlarini yuklab olishi mumkin.

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2026-yil 25-sentyabr kuni musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

 

Talabgorlar imtihon natijalarini my.gov.uz portalidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari mumkin. Shuningdek, sertifikatni elektron shaklda yuklab olish imkoniyati mavjud.

 

Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblangan. To‘plangan ballarga ko‘ra, talabgorlarga quyidagi darajalardagi sertifikatlar beriladi:

 

  • 70 balldan yuqori — A+ daraja;
  • 65–69,9 ball — A daraja;
  • 60–64,9 ball — B+ daraja;
  • 55–59,9 ball — B daraja;
  • 50–54,9 ball — C+ daraja;
  • 46–49,9 ball — C daraja.

 

Avvalroq, boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish boshlangani haqida xabar bergan edik.