Milliy sertifikat imtihonlari savollari amaldagi alifbo asosida tuzilgan, 6 oydan keyingi imtihonlar yangi alifboda asosida shakllantirilgan savollar asosida oʻtkaziladi.
21-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish kiritish haqidagi Qonunni imzoladi.
Bilim va malakalarni baholash agentligining maʼlum qilishicha, navbatdagi milliy sertifikat imtihonlar savollari amaldagi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlangan.
Muhim! Agentlikning xabarida aynan qaysi oydagi imtihonlardan boshlab savollar yangi alifbo asosida shakllantirilishi haqida maʼlumot berilmagan.
Ammo xabarda yangi alifboni joriy etish toʻgʻrisidagi Qonunda yangi alifbo 6 oydan soʻng kuchga kirishi belgilanganligi va agentlik tomonidan oʻtkaziladigan imtihonlarda amaldagi alifbodan foydalanilishi keltirib oʻtilgan.
