Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylari davomida oʻtkazilgan «Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi» tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi. Gʻoliblar 30 mln soʻmgacha mukofot puli bilan taqdirlanadi.
“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovi tegishli nizom talablari asosida respublika miqyosida onlayn shaklda uch bosqichda oʻtkazildi.
Tanlovning maktab bosqichi 2026-yil 5–20-sentabr, hududiy bosqichi esa 5–15-oktabr kunlari tashkil etildi.
Yakuniy respublika bosqichida 14 ta hududdan 3 nafardan, jami 42 nafar nomzodning taqdimotlari tajribali mutaxassislar tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.
Natijalarga koʻra, oʻzbek tilini oʻqitish metodikasi, ilgʻor pedagogik yondashuvlari va kasbiy mahorati bilan ajralib turgan ishtirokchilar tanlov gʻoliblari deb topildi.
Tanlovning respublika bosqichi yakunlarida gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” I darajali diplomi, 30 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni;
2-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” II darajali diplomi, 20 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni;
3-oʻrin uchun “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” III darajali diplomi, 10 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofoti va “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni.

