Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Bugungi kunda O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga qiziqish tobora ortmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda oliy ta’limdagi tibbiyot yo‘nalishlari ulushi 7 foizdan 9 foizgacha oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu esa mazkur sohada zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislarga ehtiyoj oshib borayotganini ko‘rsatadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tibbiyot ta’limida nazariya bilan bir qatorda klinik amaliyot, simulyatsion mashg‘ulotlar va xalqaro tajriba ham muhim ahamiyat kasb etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu yo‘nalishda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) tibbiyot ta’limini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2018-yilda Toshkent shahrida ‘‘Yeodju texnika instituti’’ nomi ostida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekistonning yirik nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Hozirda universitet tarkibidagi 5 ta ta’lim maktabida 38 ta bakalavriat va 22 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 40 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, universitetning Namangan va Samarqand shaharlarida ham filiallari mavjud.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tibbiyot yo‘nalishida esa universitetda ta’lim klinik amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Tibbiyot yo‘nalishida ta’lim

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

KIUT Tibbiyot fakultetida bugungi kunda 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

— Davolash ishi
— Stomatologiya
— Pediatriya ishi
— Oliy hamshiralik ishi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur yo‘nalishlarda ta’lim jarayoni nazariy fanlar bilan bir qatorda klinik amaliyotga tayangan holda olib boriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Talabalar anatomiya, gistologiya, farmakologiya, mikrobiologiya kabi fanlarni o‘rganish bilan birga, yuqori bosqichlarda klinikalarda amaliy tajriba o‘taydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Simulyatsion mashg‘ulotlar, zamonaviy diagnostika usullari va raqamli texnologiyalar ham o‘quv jarayoniga kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Talabalar CAD/CAM texnologiyalari, 3D tasvirlar tahlili hamda elektron tibbiy hujjatlar bilan ishlashni ham o‘zlashtiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, dasturlarda bolalar salomatligi, birlamchi tibbiy yordam, bemorlarni parvarish qilish va reabilitatsiya bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar rivojlantiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

2023–yilda universitet huzurida “Kimyo University Hospital” ko‘p tarmoqli klinikasi faoliyat boshladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Mazkur klinika nafaqat aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasa, balki universitetning tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish bazasi sifatida ham xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Talabalar bu yerda o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydi, ayrim operatsiyalarni onlayn translatsiya orqali bevosita kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek universitetda amaliy mashg‘ulotlar uchun simulyatsion mulyajlar bazasi ham mavjud bo‘lib, talabalar mutaxassislar bilan birga jadval asosida o‘z ko‘nikmalarni rivojlantiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Xalqaro hamkorlik va imkoniyatlar

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Universitet xalqaro hamkorlikni ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida ko‘radi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Hozirgi kunda universitet 30 dan ortiq davlatdagi 120 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik kelishuvlariga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Xususan, Tibbiyot fakulteti Turkiya, Janubiy Koreya va Qirg‘izistonning qator nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hamkor universitetlar qatorida:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

  • Necmettin Erbakan University;
  • Istanbul Aydin University;
  • Soonchunhyang University;
  • Salymbekov University mavjud.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur hamkorliklar orqali talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun exchange dasturlari, xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlari yaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishida 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 2+2 dasturi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Bu tashabbus talabalar uchun xalqaro tajriba, til ko‘nikmalari va raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek,  Janubiy Koreyaning Kyungdong universiteti bilan ham “2+2” dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali “Hamshiralik ishi”, “Stomatologiya” va boshqa tibbiyot yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, universitetda Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Malayziya kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan xalqaro hamda mahalliy professor-o‘qituvchilar ham faoliyat yuritmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Talabalar yutuqlari va ilmiy rivojlanish

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

KIUT tibbiyot yo‘nalishi talabalari respublika va xalqaro tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Jumladan, “Davolash ishi” yo‘nalishi talabalari:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

— 12 ta 1-o‘rin;
— 26 ta 2-o‘rin;
— 38 ta 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, 50 dan ortiq talabalar grant va nomdor stipendiyalar sohibiga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

“Stomatologiya” yo‘nalishi talabalari ham xalqaro va respublika tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnashib, ko‘plab sovrinli o‘rinlarni egallagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ 40 dan ortiq talabalar grant va stipendiyalarni qo‘lga kiritgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Universitetda talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ham keng jalb etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Jumladan, 2026-yildan boshlab “Davolash ishi” yo‘nalishida xalqaro USMLE imtihonlariga tayyorgarlik kurslari yo‘lga qo‘yildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Zamonaviy ta’lim sari muhim qadam

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bugungi kunda tibbiyot sohasi chuqur bilim bilan birga amaliy tajribani ham talab qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ KIUTda esa ta’lim jarayoni aynan shu ikki yo‘nalish uyg‘unligida tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Telegram: t.me/kiut_official⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Instagram: instagram.com/kiut.official⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Facebook: facebook.com/kiut.official⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

YouTube: youtube.com/@kiut.official⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qabul platformasi: admission.kiut.uz⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠