Uch xil yoʻnalishda 189 ball: fargʻonalik yana bir oʻquvchi maksimal ball bilan muddatidan oldin talaba boʻldi

Uch xil yoʻnalishda 189 ball: fargʻonalik yana bir oʻquvchi maksimal ball bilan muddatidan oldin talaba boʻldi

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanida 2-sonli texnikum bitiruvchisi Hojiakbar Ergashev maksimal 189 ball bilan muddatidan oldin talabalikni naqd qildi.

 

Hojiakbar 3 ta: matematika+fizika, matematika+ingliz tili va fizika+ingliz tili fanlar majmuasi boʻyicha davlat grantini naqd qilgan. U fizika (A+), matematika (A+), CEFR (C1), tarix (C) va ona tili (B) fanlaridan milliy sertifikatni qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari Hojiakbarda SATʼdan 1410 ball ham bor.

Uch xil yoʻnalishda 189 ball: fargʻonalik yana bir oʻquvchi maksimal ball bilan muddatidan oldin talaba boʻldi

Uch xil yoʻnalishda 189 ball: fargʻonalik yana bir oʻquvchi maksimal ball bilan muddatidan oldin talaba boʻldi Uch xil yoʻnalishda 189 ball: fargʻonalik yana bir oʻquvchi maksimal ball bilan muddatidan oldin talaba boʻldi

Oʻquvchining soʻzlariga koʻra, u uchun eng qiyin fan fizika boʻlgan va aynan shu fandan juda koʻp tayyorlangan. U fizikadan qiynalishiga qaramasdan, ikkinchi urinishdayoq A+ natijaga erishgan boʻlsa, matematikadan esa 6-marta imtihonga kirgan. Matematikadan ikki marta C+, B keyin B+ va nihoyat 6-urinishda A+ ga ega boʻlgan.

 

Hojiakbar sertifikat olish jarayoni qiyin kechganligi, baʼzida “hammasini tashlab, oʻqimasammikan?” degan fikr ham kelganini eslab oʻtdi. U har doim eng yaxshi natijaga qarab intilgani, shu sababli matematikada 6-martalab imtihon topshirganini taʼkidlab oʻtdi. U 2024-yil ingliz tilidan birinchi urinishdayoq C1 natijaga erishgan.

 

Oʻquvchining soʻzlariga koʻra, ota-onasining xursandchiligi va undan faxrlanishlari uchun har doim yaxshi natijaga erishishga harakat qilgan.

 

U tengqurlariga ortga chekinmaslikni tavsiya qildi. U agar oʻzi ham kichik sinovlar sababli toʻxtab qolganda, hozir bunday natija qila olmagan boʻlishi mumkinligini aytdi.

 

Uning taʼkidlashicha, natija uchun eng muhimi rostgoʻylik, yaʼni haqiqatni, oʻz xatolarini tan olishdir. Qachonki inson xatosini bilib, shu xato ustida qayta va qayta ishlasa, barcha muammolar ortda qolib, maqsadiga albatta yetishadi.

 

“Inson xato qilishdan emas, uning ustida ishlamaslikdan qoʻrqishi kerak. Xato qilgan odam rivojlanadi, xato qilmayotgan inson bormi, demak u oʻrganmayapti, rivojlanmayapti. Men 30 ta xato qildim, ular ustida ishladim va imtihonda 30 ta savolning barchasiga yechim topdim”, — deydi Hojiakbar.

 

Hojiakbarning kelgusidagi o’qish va ishlariga omad tilaymiz.