Vazirlik 1-sinfdagi barcha darsliklarni jamlab, ularning og’irligi bo’yicha qilingan videoga munosabat bildirdi

Vazirlik 1-sinfdagi barcha darsliklarni jamlab, ularning og’irligi bo’yicha qilingan videoga munosabat bildirdi

1-sinf o‘quvchilarining darsliklari og‘irligi yuzasidan bildirilgan e’tirozlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy tarmoqlarda 1-sinf o‘quvchilarining maktab darsliklari og‘irligi yuzasidan e’tirozlar bildirilgan video tarqaldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Almardonov tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda darsliklarning barchasi bir vaqtda, har kuni o‘quvchilar tomonidan olib boriladi degan noto‘g‘ri talqin berilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ta’kidlanishicha, 1-sinf o‘quvchilari uchun darsliklar choraklar va yarim yilliklarga bo‘lingan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir davrda alohida kitoblardan foydalaniladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Masalan, alifbe darsligi birinchi yarim yillikda, keyingi davrda esa o‘qish savodxonligi fani o‘tiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ona tili va yozuv fanlari ham bosqichma-bosqich tarzda tashkil etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Matematika fani esa 4 qismdan iborat bo‘lib, har chorakda alohida darsliklardan foydalaniladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, tabiiy fanlar va ingliz tili darsliklari ham yarim yillik asosida ajratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Qahramon Almardonovning ma’lum qilishicha, darsliklar og‘irligi kunlar kesimida o‘lchanganida taxminan 800 grammdan 1,3 kilogrammgacha ekanligi qayd etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

‘‘Ota-onalar va sinf rahbarlaridan o‘quvchilarning faqat o‘sha kun uchun belgilangan darsliklarini olib kelishini nazorat qilishingizni so‘rab qolamiz’’, — deydi Qahramon Almardonov.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Mavzuga doir: Oʻquvchilar ijaraga berilgan darsliklarni yoʻqotib qoʻysa, yetkazilgan zarar qanday qoplanadi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠